Anaplaziya (yun. „ana“ – teskari, „plasis“ – tuzilma) – toʻqima va hujayralarning norma va patologiyada differensiallanmagan holatga qaytishi, bunda ular oʻziga xos funksiyalarini oʻtamay qoʻyib, cheksiz oʻsadigan boʻlib qoladi, Hujayralar aynib, oʻsma hosil qilayotganda roʻy beruvchi oʻzgarishlar majmui, odatda, anaplaziya deb ataladi. Belgilari: hujayra yadrolarining kattaligi, shakli va tuzilishi oʻzgaradi, baʼzan ularda bir necha yadrochalar paydo boʻladi; hujayralarning differensiyalanishi susayadi, fizik-kimyoviy va biokimyoviy xossalari buziladi, ular tez koʻpayadi va hokazo.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil