Anarxosindikalizm
Anarxosindikalizm (yun. „anarchia“ – beboshlik, tartibsizlik; „syndikos“ – uyushma) – xalqaro ishchilar harakatining anarxizm taʼsirida boʻlgan oqimi. Kasaba uyushmalarini mehnatkashlar tashkilotining oliy shakli, binobarin ishlab chiqarish vositalari mazkur uyushmalar qoʻliga oʻtishi lozim, deb hisoblagan. Anarxosindikalizm sabotaj, boykot, iqtisodiy ish tashlash va kurashning „oliy shakli“ sifatida umumiy iqtisodiy stachka kabi „toʻgʻridan-toʻgʻri harakat“ taktikasini yoqlagan. 19-asr oxirlarida Fransiya, Italiya, Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida vujudga kelib, 20-asr boshlarida eng koʻp tarqalgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |