Anataz
Anataz – sodda oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. TYU2ning polimorf modifikatsiyalaridan biri. Fe, Zn, Nb qoʻshimchalari boʻladi. Rangi yashil-sarikdan kulrang-qoragacha. Qattiqligi 5,5 – 6. S or. 3,8 – 3, 9. 915° gacha qizdirilganda rutilga aylanadi. Olmossimon yoki metallsimon yaltiroq. Gneys, granit va boshqalarda ikkilamchi aksessor mineral. Anataz yertomirlarda, magmatik va metamorfik jinslarda, kamroq miqdorda pegmatitlarda, baʼzan esa choʻkindi (qumtosh) jinslarda uchraydi, shuningdek ilmenitning yemirilishi natijasida vujudga keladi. Yaltiroq tiniq nusxalari zargarlikda jilvir sifatida ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |