Anatoliy Lunacharskiy
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Anatoliy Vasilyevich Lunacharskiy (1875.11(23).11, Poltava - 1933.26.12, Fransiya, Mentena; Moskvada dafn etilgan) — davlat arbobi, rus yozuvchisi, tanqidchi, adabiyotshunos, sanʼatshunos. Akad. (1930). Syurix universitetining falsafa fakultetida tahsil koʻrgan. 1897-yilda Rossiyaga qaytib, inqilobiy faoliyat, 1902-yildan boshlab esa adabiy tanqidchilik va siyosiy publitsistika bilan shugullana boshlagan. 1917—29-yillarda maorif xalq komissari. 1933-yilda Ispaniyaga elchi qilib tayinlanadi va Madridga borayotib, yoʻlda vafot etadi.
Anatoliy Lunacharskiy | |
---|---|
Tavalludi | 11 (23) noyabr 1875 |
Vafoti | 26-dekabr 1933[1][2] |
Ijod qilgan tillari | Rus tili[3] |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi, Russian Socialist Federative Soviet Republic va SSSR |
L.ning oktyabr toʻntarishiga qadar boʻlgan estetik qarashlari "Umuman sanʼatkor va xususan baʼzi bir sanʼatkor haqida" (1903) hamda "Pozitiv estetika asoslari" (1923) makrlalarida ifodalangan.
L.ning Gʻarb adabiyoti va sanʼatiga bagʻishlangan asarlari ("Gʻarbiy Yevropa adabiyotining muhim bosqichlari tarixi", 2 jildli, 1924, 1930 va boshqalar)da faqat Gʻarb adabiyotining emas, balki rus adabiyoti namoyandalarining ham individual oʻziga xosligini, ular ijodining muayyan tarixiy-adabiy jarayondagi oʻrnini belgilab berdi.
L. 20-asrning 20—30-yillaridagi adabiy-tanqidiy maqolalari bilan shu davrdagi adabiy jarayonga faol taʼsir koʻrsatdi. U dialog shakliga tez-tez murojaat etib, adabiy-tanqidiy va publitsistik makrla janrlarining yangi shakllarini axtardi. "Qirol sartaroshi" (1906), "Faust va shahar (1918), "Oliver Kromvel" (1920), "Ozod etilgan Don Kixot" (1922), "Oʻt yoquvchilar" (1924) pyesalari, T. Kampanella haqidagi trilogiya ("Xalq", 1920; "Gersog", 1922; 3-qismi tugallanmagan), hikoyalar, xotiralar, publitsistik makrlalar muallifi.
L.ning adabiy-tanqidiy asarlari zamonaviy oʻzbek tanqidchiligi va adabiyotshunosligining shakllanishiga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatdi. U maorif xalq komissari sifatida oʻzbek yoshlarining Moskva va Leningraddagi oliy oʻquv yurtlarida tahsil oli-shiga yordam berdi. Uning madadi bilan Moskvada oʻzbek drama studiyasi tashkil etildi (1924—27) va bu studiyada oʻzbek milliy teatrining M. Uygur, A. Hidoyatov, S. Eshontoʻrayeva singari qaldirgʻochlari yetishib chiqdi. L.ning saʼy-harakati bilan Qori Yoqubov va Ta-maraxonim Parijdagi Jahon dekorativ sanʼati kurgazmasining ochilishiga bagʻishlangan konsertlarda ishtirok etdilar. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Naim Karimov[4].
Manbalar
tahrir- ↑ // (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |