Anatoliy Qobulov
Anatoliy Zuhurovich Qobulov (1934.14.2, Toshkent – 2003.29.7, Moskva) – rejissyor, aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1987)[1]. Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1957). 1958—63 yillar „musiqali drama“ kafedrasini boshqargan. Ayni vaqtda Oʻzbek davlat estradasi bosh rejissyori, Hamza teatrining sahnalashtiruvchi rejissyori sifatida faoliyat yuritgan. Hamza teatrida „Imon“ (I.Sulton), „Olma gullaganda“ (O.Yoqu-bov), „Shubha“ (Uygʻun), „Assalom, yulduzlar“, „Faust va oʻlim“ (Levada) kabi spektakllar, Oʻzbekiston rus drama teatrida „Tosh uy“, Berdaq nomidagi teatrda „Levyanixa orbitada“ spektakllarini sahnalashtirgan. 1964-88 yillar „Oʻzbekfilm“ da rejissyor, 1988-98 yillarda „Nashtar“ satirik kinojurnalida bosh muharrir, rejissyor, aktyor. 1986—2002-yillar Toshkent sanʼat instituti professor „Uyimga kir“, „Yoz yomgʻiri“, „Sen mening qoʻshigʻimsan“, „Boʻysunmas“, „Jontoy qasa-mi“ kabi badiiy, „Yangi yil bilan“ televizion, „Halima Nosirova“ kabi hujjatli filmlar yaratgan. „Rahim va qoʻngʻiz“, „Dovyurak musiqa“ kabi multiplikatsion filmlarning ssenariysini, „Folbin kim“, „Choʻpon va goʻzal malika haqida ertak“ va boshqa pyesalar yozgan. „Fidoiy“, „Oydin sahifa“, „Chinor“ kabi filmlarda suratga tushgan. Soʻz ustasi sifatida ham faoliyat yuritgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).[2]
Manbalar
tahrir- ↑ „„O‘zbekiston adabiyoti va san`ati" gazetasi 1987-yil 15-sentyabr kungi soni O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Preziduimining 1987-yil 18-sentyabrdagi “Sh.Jurayev, F.K.Zakirov, F.Z.Qobulov, X.Lutfullayev, G‘.T.Yoqubov o‘rtoqlarga “O‘zbekiston SSR xalq artisti” faxriy unvoni berish to‘g‘risida”gi Farmoni Qaralgan sana=17.10.2024“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |