Anbar

q va qoʻngʻir rangli mumsimon xushboʻy modda

Anbar – 1) oq va qoʻngʻir rangli mumsimon xushboʻy modda. Uvalanadigan moyli massa boʻlib, suyuqlanish temperaturasi 60°, suvda erimaydi, spirt, efir, hayvon moylarida yaxshi eriydi. A.dan yangiligida najas hidi keladi; eskirgach, bu hid koʻtarilib, noziq hid qoladi. A. dengiz hayvoni – kashalot ichagidan olinadi; kashalotlar yashaydigan dengiz va okeanlar yuzidan (ayniqsa, Hind va Tinch okeanlarning sohilga yaqin joylaridagi suvdan) ham yigʻib olinadi. Atir-upa sanoatida ishlatiladi. 2) Koʻchma maʼnoda (mushku anbar) – muattar, xushboʻy hid.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil