Anca Verma (qizlik familiyasi: Neacșu; 1987-yil 8-avgustda tugʻilgan) – ruminiyalik model va tadbirkor[1]. Milliarder Abhishek Vermaning turmush oʻrtogʻi[2][3].

Anca Verma
Tavalludi
Anca Maria Neacșu

8-avgust 1987-yil (1987-08-08) (37 yosh)
Fuqaroligi Ruminiya bayrogʻi Ruminiya
Taʼlimi Galați universiteti
Kasbi Model, tadbirkor
Turmush oʻrtogʻi Abhishek Verma
Boʻyi 179 sm
Veb-sayti ancaverma.com

Karyerasi

tahrir

Verma Galați universitetida muhandislik boʻyicha magistrlik darajasini olagan. Modellikni tark etgach, u Atlas Telecom Network Romania mobil xizmat provayderida ishlay boshlagan va Buxarest operatsiyalari boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari etib tayinlangan[4][5]. 2006-yilda milliarder, qurol sanoati bilan shugʻullanuvchi Abhishek Verma bilan turmush qurganidan soʻng uning global qurol savdosi va mudofaa anjomlari biznesida faoliyat yurita boshlagan[6]. 2011-yilda u 51 foiz ulushini sotib olgan holda transmilliy qurol-yarogʻ pudratchisi bilan qoʻshma korxona boʻlgan „SIG Sauer India“ kompaniyasining boshqaruvchi direktori etib tayinlangan[7][8][9][10] .

Verma tez sotiluvchi isteʼmol tovarlari transmilliy korporatsiyasi hisoblangan „Olialia World“ kompaniyasining raisi hisoblanadi[11][12]. Verma Maldiv orollari xalqaro aeroportini qurish va unga egalik qilish boʻyicha shartnoma tuzgan[13]. Ushbu qurilish uchun u 500 million AQSh dollari sarmoyaskiritgan[14]. Ushbu aeroport 50 yil davomida „Olialia xalqaro aeroporti“ nomi bilan yuritiladi[15][16]. Verma Maldiv orollaridagi xalqaro aeroportga yaqin joylashgan yana bir orolni „Olialia Island Resort“ deb nomlangan besh yulduzli mehmonxonaga aylantirmoqda[17][18][19].

Verma Hindiston va Ruminiya davlatlaridagi xayriya ishlarida ishtirok etadi[20]. 2020-yil mart oyida Verma sogʻliqni saqlash xodimlari va bemorlarni COVID-19 kasalligidan himoya qilish uchun millionlab yuz niqoblari, sanitariya vositalari va tibbiy buyumlarni Hindistondagi kasalxonalarga xayriya qilgan[21].

Hibsga olinishi

tahrir

Verma va uning eri korrupsiya va pul yuvishda, shuningdek, Hindiston mudofaa amaldorlariga milliard dollarlik qurol shartnomalarini imzolash uchun pora berganlikda ayblanib, CBI tomonidan hibsga olingan[22][23][24]. 2012-yil 8-iyunda ikkalasi ham Dehlidagi Tihar qamoqxonasida qamoqqa olingan[25][26][27]. Verma Roli Books nashriyoti tomonidan nashr etilgan „Prison Tales“ kitobini yozgan yozuvchi Sunetra Choudhury uchun ilhom parisi boʻlgan. Yosuvchi oʻz asarida Vermani qamoqxonada 24K oltin bilan qoplangan Louis Vuitton baland poshnali poyabzalini kiygan VIP mahbus sifatida tasvirlagan[28][21].

Vermaning garov shartnomasi haqidagi arizasi 2015-yil mart oyida Dehli Oliy sudi tomonidan rad etilgan, ammo 2016-yil 20-may kuni sud toʻrt yillik qamoqdan soʻng uning garov puli toʻlangandan keyin ozod qilinishiga ruxsat bergan[29]. Hindistonlik tergovchilarning soʻzlariga koʻra, ularning Lixtenshteyn knyazligining soliq qoʻmitasidagi Vermaning offshor bank hisoblarini muzlatishga boʻlgan urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Chunki Lixtenshteyn hukumati Hindiston huquqni muhofaza qilish boshqarmasining iltimosini rad etib, uni „baliq ovlash ekspeditsiyasi“ deb atagan. Mening sababi esa Lixtenshteyn yoki Yevropa Ittifoqida Vermaning jinoyat qilganligi haqida hech qanday ayblov qoʻyilmagan[30].

2017-yil aprel oyida Verma Nyu-Dehlidagi CBI Maxsus sudi tomonidan korrupsiya va pul yuvishdagi barcha ayblovlardan oqlangan va unga qarshi ikkita ish olib tashlangan[31][32].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Indian Billionaire Abhishek Verma forms Strategic Alliance“. outlookindia.com/. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  2. „Renowned hotelier Didi, Indian billionaire Abhishek Verma announce strategic alliance to invest in Maldives“ (en-US). Maldives Insider (2018-yil 15-fevral). Qaraldi: 2023-yil 18-aprel.
  3. Bhardwaj, Ananya „10 yrs after going to jail in arms case, ‘Lord of War’ Abhishek Verma resurfaces as Delhi tycoon“ (en-US). ThePrint (2022-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 18-aprel.
  4. „Atlas Telecom Romania“. 2016-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Billionaire Abhishek Verma | National Business Mirror“ (en-US). Qaraldi: 2023-yil 18-aprel.
  6. „Joined billionaires club in Romania“. Bucharest Herald. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-aprel.
  7. „SIG SAUER shareholders & directors details“. companyinfoz.com.
  8. „SIG SAUER Joint Venture“.
  9. „Foreigners' ministry of defence access sparks concern“. The Times of India.
  10. „Indian Army at the mercy of shadowy arms dealers, lobbyists“ (en). India Today. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
  11. „Unveiling new calendar in Delhi“. The Times of India. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  12. Nazeer, Ali „Olialia investment in Maldives involves nothing unusual: says country partner.“. alinazeer.com. Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.[sayt ishlamaydi]
  13. „Maldives 'invites' company of an arms dealer to construct international airport“. Maldives Times (2017-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  14. „Maldives awards Olialia India, Abhishek Verma's firm to build international airport“. newsleakcentre.com. Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  15. „Miliardara romanca din India investeste 500 milioane dolari in Insulele Maldive! Anca este sotia dealerului de arme Abhishek Verma si vrea sa construiasca un aeroport international pe celebra insula“. WOWBiz. Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  16. „Indian company linked to 'arms dealer' invited to build Maldives airport“. ThePrint (2017-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  17. „Anca Verma, cea mai bogată româncă! – ROMANIAVIPPRESS“ (ro-RO). ROMANIAVIPPRESS (2016-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  18. Pawlowski, A.. „Firm plans resort staffed by blondes only“. CNN. Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  19. Newling, Dan. „Island to be staffed exclusively by blondes“ (2010-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  20. „Festival of Hope holds 13th charity fashion show in New Delhi“. FashionNetwork.com. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  21. 21,0 21,1 „Coronavirus: Philanthropists Abhishek and Anca Verma donate medical supplies in India“. National Political Mirror (2020-yil 30-mart). 2021-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  22. Administrator „Huge international scandal! Romanian Anca Maria Neacsu and her husband, billionaire Verma arrested in India“. Bucharest Herald. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  23. „Abhishek Verma's universe of lust and lucre“. India Today.
  24. „How arms dealer Abhishek Verma exploited top-secret defence information“. ndtv.com.
  25. „Arms dealer, wife have a jailhouse romance in Tihar“. hindustantimes.com/ (2014-yil 27-yanvar).
  26. „Romanca arestata in India alaturi de sotul ei...“. Cancan.ro.
  27. „De la recepţioneră, la afaceri de miliarde de dolari“. evz.ro (2012-yil 14-iyun).
  28. Choudhury, Sunetra „This is how wealthy prisoners can get luxuries in jail (just like Sasikala did?)“. Scroll.in. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  29. „HC dismisses bail plea of Verma's wife, former IAF officer“. Business Standard. Press Trust of India (2015-yil 16-mart).
  30. „Secret funds of Anca Verma in Liechtenstein“. Economic Times (2015-yil 22-may).
  31. Kumar, Nirnimesh. „Court discharges Abhishek Verma, wife in graft cases“. The Hindu (2017-yil 27-aprel). Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  32. IANS. „Court discharges arms dealer Verma, wife in two cases“. Business Standard India (2017-yil 26-aprel). Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.

Havolalar

tahrir