Andijon don mahsulotlari aksiyadorlik jamiyati

"ANDIJON DON MAHSULOTLARI" AKSIYADOR-LIK JAMIYATI - oziq-ovqat sanoati korxonasi. Andijon sh.da joylashgan. "O‘zdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tarkibiga kiradi. 1964-yil Andijon un kombinati sifatida tash-kil etilgan. 1994-yildan hozirgi nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiya-ti. Asosan un va chorva uchun aralash yem mahsulotlari ishlab chiqaradi. Bir yil-da 68500 t un, 73000 t aralash yem i.ch. quvvatiga ega. 1967-yil korxonada elevator (don saqlash bo‘limi), 1968—69-yillarda aralash yem sexi ishga tushirildi. 1984— 89-yillarda asosiy i.ch. uskunalari Shvey-sariyaning "Byuller" firmasining tex-nologik liniyalari bilan almashtirildi va 503i.ch. quvvatlari oshirildi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil