Andijon neft koni
Andijon neft koni — Fargʻona vodiysining janubi-sharqidagi konlardan biri. Andijon shahridan 14 km janubida. Birinchi qidiruv ishlari 1932-yildan boshlangan. 1935-yilda boshlangan burgʻulash natijasida 1937-yil 3-gorizontdan kuniga 35 t neft chiqa boshladi. Key-ingi qidiruv ishlari natijasida 5-go-rizontdan (1940), soʻngra 1-gorizontdan neft topildi. Andijon neft koni k. 1937-yilda foydala-nishga topshirilgan. Andijon neft koni k. antiklinal burma bilan bogʻliq boʻlib, bu burmaning uz. 23 km, eni 6 km. Bur-maning shimoli-gʻarbiy qanotida qatlamlar ogʻishi 10°dan osh-maydi, janubi-sharqining baʼzi joylarida 30-35° gacha yetadi. Burmaning mar-kazida neogen yotqiziqlari yer yuzasiga chiqib qolgan. Ularning ostida umumiy qalinligi 3000 mdan ortiq boʻlgan pa-leogen va boʻr yotqiziqlari joylashgan. Antiklinal burma koʻndalang uzilmalar boʻyicha bloklarga boʻlingan. Bir necha mayda uzilma va surilmalar ham uchraydi. Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan neft neogenning baqtriya yotqiziqlaridagi 1-gorizontda va paleogenning 3-, 5-, 6-, 7-gorizontlarida uchraydi. 1-gorizont baqgriya yarusining ostki qismida yotadi va qumtoshdan iborat. Uning kalinli-gi burmaning janubiy qanotida 7-12 m va shimoliy qanotida 40 m ga yetadi. 1-gorizont ostki massaget yarusining yotqiziqlariga nomuvofiq yotadi. Massaget yotqiziklari orasida gʻovak qumtosh qatlamlari boʻlib, bu qatlamlarda ham baʼzan neft uch-raydi. 3-gorizont sumsar yarusi gil qatlamlarining ustki qismida boʻlib, qumtoshdan iborat. Umumiy kalinligi 18-21 m, neftli qismining kalinligi 10 m. Bukilmaning eng yuqori qismida ozgina gaz uchraydi. Dastlabki vaqtlarda har qaysi quduqdan (burgʻu kovagidan) bir kecha-kunduzda 14-70 t neft chiqqan. Neftning s.ogʻ. 0,859. 5-gorizont Turki-ston qatlamlarida boʻlib, qumli ohaktosh va ohakli qum-toshdan iborat. Umumiy qalinligi 14 m, neftli qismining qalinligi 9 m. Dastlabki vaqtlarda har bir quduqdan bir kecha-kunduzda 15-120 t neft chiqqan. 6-gorizont, asosan, angi-drit va ostki qismi qumtoshdan iborat. Neft 6-gorizontda surilma ostidagi qanotda boʻlib, tarkibi 5-gorizont ne-ftiga oʻxshash.7-gorizont olay yarusidagi dolomit-li ohaktoshdan iborat boʻlib, neft oz. Gʻarbiy, markaziy va sharqiy bloklarda-gi neft deyarli butunlay olib boʻlingan. Gorizontning umumiy kalinligi 42 m, neftli qismining kalinligi 20 m. Dast-labki vaqtlarda har bir qudukdan bir ke-cha-kunduzda 40-90 t neft olingan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |