Andijon polkasi — oʻzbek xalq cholgʻu kuyi va aynan shu nomdagi raqs. 20-yillardan boshlab andijonlik sozanda va aktyor Orif Garmon Toshmatov talqinida ommaviylashgan. Andijon polkasi 2/4 (yoki 4/4) musiqa oʻlchovi, odatda sof major tonalligi, shoʻx siyrati bilan ajralib turadi. U, bir tomondan oʻzbek mumtoz kuylari (masalan, „Navo charxi“)ga, ikkinchi tomondan esa boshqa xalqlar (jumladan rus) folklori namunalariga ohangdosh. Andijon polkasi surnay, qoʻshnay, shuningdek garmon tovushqatoriga xos diatonik tuzilmalari, odat tusidagi kuy yoʻnalishlarini oʻzida uygʻunlashtirgan. Andijonda „Andijon polkasi“ xalq raqs ansambli tashkil etilgan (1957).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil