Andong milliy universiteti— Janubiy Koreyaning Shimoliy Gyeongsang provinsiyasi, Andong shahrida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasasidir. Ushbu universitetga qabul mahalliy talabalar uchun kirish imtihonlari orqali amalga oshiriladi. Chet elliik abituriyentlar uchun esa onlayn ariza va imtihon topshirish imkoniyati yaratilgan. Andong milliy universiteti shuningdek, talabalarga kutubxona, uy-joy, moliyaviy yordam va stipendiyalar hamda maʼmuriy xizmatlar kabi bir qancha xizmatlarni taqdim etadi. Universitetda gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar, taʼlim, tabiiy fanlar, muhandislik, ekologiya, sanʼat va jismoniy tarbiya boʻyicha bakalavriat kollejlari, shuningdek, taʼlim va menejment sohasi boʻyicha aspirantura kollejlari mavjud.

Andong milliy universiteti
Asl nomi koreyscha: 안동
Shiori Haqiqat,samimiyat,ijodkorlik
Asos solingan 1947
Oʻquv yurti turi davlat
Rektori Kwon Tae Hwan
Talabalari 7318
Fakultetlar 720 ta
Bakalavriat 6564
Magistratura 666
Manzili Andong,Shimoliy Gyeongsang,Janubiy Koreya
Vebsayti http://eng.andong.ac.kr/

Koordinatalari: 36°32′29.652″N 128°47′47.112000000043″E / 36.54157000°N 128.79642000000001190°E / 36.54157000; 128.79642000000001190 G O

Tarixi tahrir

Universitet 1947-yilda Andong oʻrta taʼlim maktabi sifatida tashkil etilgan. 1962-yilda Andong qishloq xoʻjaligi kolleji nomi bilan qayta tashkil etilgan. 1978-yilda kollej Andong milliy oʻsmirlar kollejiga aylandi.Aspirantura 1988-yilda tashkil etilgan. Kollej oʻzining hozirgi nomi- Andong Milliy Universitetini 1991-yilda oldi[1].

Fakultetlar tahrir

2023-yil holatiga koʻra, Andong universitetida 6 ta kollej,47 ta boʻlim va 4 ta mutaxassislik, jumladan, gumanitar fanlar va sanʼat, ijtimoiy fanlar, fan va texnologiya va sogʻliqni saqlash kollejlari mavjud.

Magistratura tahrir

Andong milliy universitetida magistratura bosqichi jami toʻrtta dasturlarni oʻz ichiga oladi. Ular:Koreya madaniyati va sanoati oliy maktabi, maxsus oliy oʻquv yurti, davlat boshqaruvi oliy maktabi va menejment oliy taʼlim maktabi[2].

Reytingi tahrir

Andong milliy universiteti EduRank nashri eʼlon qilgan reyting boʻyicha jahonda 3820-oʻrinni,Osiyoda 1282-oʻrinni,Janubiy Koreya universitetlari orasida esa 74-oʻrinni egalladi[3]. Mazkur nashrda universitetlar reytinggi 3 omilga asosan baholangan: tadqiqot natijalari, maqola va ilmiy ishlar va akademiklar soni. „Osiyo universitetlari reytingi-2023“ reytingiga koʻra Andong milliy universiteti 701-750 oʻrinni egalladi[4].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir