1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31

Hazrati Ka'b ibn Molik roziyallohu anhudan debdurlar:

janobi rosululloh SAV taomdan keyin barmoqlarini uch bor yalar edilar.
Manba: Abu Iso At-Termiziy "Ash-Shamoyil An-Nabaviya"
O`zgartirmoq

Hazrati Oish roziyallohu anhodan debdurlar:

janobi rosululloh SAV vafotlariga qadar honalari ahli va ayollari arpa unidan bo`lgan nonga qorinlari to`ymadi.
Manba: Abu Iso At-Termiziy "Ash-Shamoyil An-Nabaviya"
O`zgartirmoq

Odam bolasi ikki vodiy to`la mol-dunyosi bo`lsa ham, mol-dunyo to`la uchinchi vodiyni orzu qiladi. Uning qornini faqat tuproqgina to`ldira oladi. Alloh taolo tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qilgaydir.


Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-BuxoriyningAl-Jome'- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari

Ish noloyiq odamlarga topshirilganda qiyomat bo`lmog`ini kutaver.

Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-BuxoriyningAl-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari

Kishi jannatda o`ziga suyukli odam bilan birga bo`ladi.

Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari


Mo`min odam o`zini bir kavakdan ikki marta ilon chiqib chaqmog`iga yo`l qo`ymas.

Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari

Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz, xotirjam qilingiz, bezdirmangiz!

Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari


Hech bir yokim hech narsa o`ziga yetadigan aziyatga Olloh taolodek sabr qila olmagay! Mushriklar uning o`g`li bor, deb da’vo qiladilar, ammo u ularni ofiyat qilib, rizq ato qilg`ay.

Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari


Har bir qo`pol, quruq, gerdaygan, beqanoat va dimog`dor odam ahli do`zaxidir.

Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari


Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir.

Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari


Musulmon odamning so`kmog`i – buzuqlik, urushmog`i – kofirlikdir.

Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari


Olloh taolo biror bandasini (qilgan amali solihlari tufayli) sevgaydir. Jabroil alayhissalomga nido qilib: “Olloh falon bandasini sevdi, sen ham uni sevgil!” – degaydir. Jabroil alayhissalom ham o`shal bandani sevgaydirlar. So`ng Jabroil alayhissalom osmon ahliga nido qilib: “Olloh taolo falon bandasini sevdi, siz ham sevingiz!” – degaydir. Osmon ahli ham o`shal bandani sevgaydir. Shundan so`ng yer ahlida unga nisbatan muhabbat paydo bo`lgaydir. Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari


Oralaringizda eng yaxshingiz – xulqi go`zalingizdir.

Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari


Mo`min mo`min uchun bir-birini suyab turagan ikki bino yanglig` bo`lmog`i zarur.

Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari


Har bir ezgu amal sadaqadir.

Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari


Bu mol-dunyo degan narsa hayvon ko`zini o`ynatadigan ko`m-ko`k, shirin o`t-o`lan kabi fusunkor va lazzatlidir. Kimki nafsini tiyib, ehtiyojiga yarashasini olsa, barakali bo`ladi va kimki ochko`zlik qilib, ehtiyojidan ortig`ini olsa, bebaraka bo`ladi. Bunday odam mechkay hayvon kabidir, mehnat qiladigan qo`l tilamchi qo`ldan yaxshidir.

Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari


Halollik yo`qolib ketganda qiyomat bo`lmog`ini kutavergil!

Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari


Haqiqiy boy – nafsi to`q odamdir.

Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari


Olloh taolo o`z rahmatini yuz bo`lak qilib yaratib, to`qson to`qqiz bo`lagini o`zida saqlab qoldi. Uning bir bo`laginigina yerga nozil qildi. Olloh taoloning yerga nozil qilgan ana shu bir bo`lak rahmati tufayli butun borliq o`zaro rahmdillik qilg`aydir. Hattoki ot ham bolasini mayib qilib qo`yishdan cho`chib, tuyoqlarini ehtiyotkorona ko`tarib boradi.


Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari



Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ashoblaridan so‘radilar: «Birortangiz uyingizning oldidan oqib o‘tadigan daryoda (yoki soyda) har kuni besh mahal yuvinsangiz, badanimda kir qolibdi, deb aytasizmi?» Sahobalar: «Sira ham kir qolmaydi», deyishdi. Rasuli Akram: «Besh vaqt namoz ham shunga o‘xshash bo‘lib, Alloh taolo bu o‘qilgan namozlar tufayli gunohlarni kechiradi».

O`zgartirmoq

«Asr namozini qazo qilib qo‘ygan odam bola-chaqasiyu mol-dunyosidan ajragan kishi yanglig‘dir».


Manba: http://islam.ziyouz.com/hadis.html
O`zgartirmoq

Abu Hanifa (r.a.) Atodan rivoyat qiladilar. Sahobai kiromlardan bir necha kishi unga quyidagilarni so'zlaganini aytdi.

Abdulloh ibn Ravohaning qo'ylarini boquvchi bir cho'pon ayol bor edi. Abdulloh cho'pon ayolga suruv ichidagi bir qo'yga alohida qarashini tayinladi. Cho'pon ayol qo'yni semirguncha boqdi. Cho'pon ayol boshqa qo'ylar bilan ovora bo'lib qolganda, bo'ri kelib u qo'yni olib qochdi va o'ldirdi. Abdulloh kelib u qo'yni ko'rmadi. Cho'pon ayol voqeani Abdullohga aytgach, u cho'pon ayolga tarsaki tushirdi. Keyin bu ishiga pushaymon bo'lib, uni Rasulullohga (s.a.v.) aytdi. Payg'ambarimiz (s.a.v.) bu voqeani jiddiy hisoblab: «Mo'mina ayolning yuziga urdingmi?» dedilar. Ravoha: «U zanjiya ilmi yo'q ayol», dedi. Payg'ambarimiz ( s.a.v ) ayolga odam yuborib uni chaqirtirdilar. Undan: - Alloh qaerda? - deb so'radilar. - Osmonda, - deb javob berdi ayol. - Men kimman? - Siz Allohning rasulisiz, - javob berdi ayol. Payg'ambarimiz (s.a.v.): «U mo'minadir, uni ozod et», dedilar.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibni Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibni Buraydaning otasi aytdi: «Biz bir kuni Payg'ambarimizning (s.a.v.) yonlarida o'tirar edik. U zot ashoblariga: «Turinglar, bemor yahudiy qo'shnimizni ko'rib chiqamiz», dedilar. So'ng yahudiyning uyiga kirdilar va uni o'lim to'shagida ko'rdilar. Va unga: «Allohdan o'zga iloh yo'qligiga, men Allohning rasuli ekanimga iqrormisan?» dedilar.

Yahudiy otasiga qaradi, otasi gapirmadi. Rasululloh (s.a.v.) yana unga: «Allohdan o'zga iloh yo'qligiga, men Allohning rasuli ekanimga iqrormisan?» dedilar. Bemor yahudiy yigit yana otasiga qaradi. Otasi: «Iqror bo'l», dedi. Yigit: «Allohdan o'zga iloh yo'qligiga, Muhammad (s.a.v.) Allohning rasuli ekaniga iqrorman», dedi. Payg'ambar (s.a.v.): «Men sababli bir jonni olovdan qutqargan Allohga hamd bo'lsin», dedilar. Boshqa rivoyatda shunday: Bir kun Payg'ambarimiz (s.a.v.) sahobalarga: «Turinglar, yahudiy qo'shnimizni ko'rib chiqamiz», dedilar. Payg'ambarimiz (s.a.v.) uni o'lim to'shagida ko'rdilar. Undan: «Alloh taolodan o'zga iloh yo'qligiga iqrormisan?» deb so'radilar. U «Ha», dedi. So'ng undan: «Mening Rasululloh ekanligimga iqrormisan?» dedilar. Yigit otasiga qaradi. Ul zot (s.a.v.) bu so'zlarini uch marta takrorladilar. «Siz Allohning rasuli ekanligingizga iqrorman», dedi nihoyat yahudiy yigit. Rasuli Akram (s.a.v.): «Men sababli bir jonni olovdan qutqargan Allohga hamd bo'lsin», dedilar.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

Abu Hanifa (r.a.) Abdurahmon bin Hurmuz al-A'rojdan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etadi.

Rasululloh (s.a.v.): «Har bir go'dak Islom dinida tug'iladi so'ng ota-onasi uni yahudiy yoxud xristian qiladi», dedilar. Payg'ambarimizdan so'rashdi: «Ey Allohning rasuli, go'dakligida o'lganlar nima bo'ladi?». Ul zot: «Ular nimalar qilishlarini Alloh biladi», deb javob berdilar.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan rivoyat qiladi. Janobi Payg'ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: «Insonlar bilan «La ilaha illalloh» (Allohdan o'zga iloh yo'q), degunlaricha urushishga buyurildim. Agar uni aytsalar, shar'iy haqdan o'zga holda qonlari va mollarini mendan saqlaydilar. Ularni Alloh azza va jalla hisobga tortadi».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

Abu Hanifa Abu Zubayrdan rivoyat qiladi. Abu Zubayr aytdi: «Jobirga: «Gunohlarni nima uchun shirk hisoblamaysiz», dedim. Jobir (r.a.) dedi: «Abu Said: Yo Rasululloh (s.a.v.)! Bu ummatni kufrga olib boradigan gunohi bormi?» dedim. Rasululloh (s.a.v.) «Shirkdan boshqa hech bir narsa kishini kufrga olib bormaydi», dedilar.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

Abu Hanifa (r.a.) Abdukarim ibn Abu al-Maxoriqdan, u Tovusdan rivoyat qiladi. Tovus dedi: «Bir odam Ibni Umarning oldiga borib so'radi: «Ey Abu Abdurahmon! Qulflarimizni sindirib, uylarimizni teshib, matolarimizni talagan kishilar haqida nima deysiz? Ular kofir sanaladimi?». Ibni Umar: «Yo'q», dedilar. «Bizning tepamizga o'tirib, qonlarimizni to'kkanlar haqida nima deysiz? Ular kofir bo'ladimi?» dedi kishi. Ibn Umar: «Yo'q. Agar Allohga shirk keltirmagan bo'lsa, kofir bo'lmaydilar», dedilar. Tovus men Ibni Umarning barmog'iga qaradim, uni qimirlatardi va «Hazrati Muhammadning (s.a.v.) sunnatlari shudir», dedilar. Bu hadisni katta bir jamoat bevosita Rasulullohdan (s.a.v.) marfu tarzda rivoyat qildi.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

Abu Hanifa (r.a.) Abdulloh ibn Abu Habibadan rivoyat qiladi. U «Hazrati Payg'ambarning sahobasi Abu Dardodan eshitdim», dedi. Abu Dardo aytdi: «Men Rasululloh bilan ulovda mingashib ketayotgan edim. Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Dardo! Kim Allohdan boshqa iloh yo'qligiga, men Allohning rasuli ekanimga iqror bo'lsa, unga jannat vojib bo'ladi», dedilar. Men: «Zino va o'g'irlik qilsa ham-a?»dedim. Rasululloh (s.a.v.) bir muddat sukut saqladilar, so'ng yurdilar va dedilar: «Kim Allohdan boshqa iloh yo'qligiga va men Allohning rasuli ekanimga iqror bo'lsa, unga jannat vojib bo'ladi». Men: «Zino va o'g'rilik qilsa ham-a?» dedim. Rasululloh bir oz sukut qildilar, so'ng yurdilar va «Kim Allohdan boshqa iloh yo'qligiga va men Allohning rasuli ekanimga iqror bo'lsa, unga jannat vojib bo'ladi, agar zino qilsa ham, o'g'rilik qilsa ham, agar zino qilsa ham, o'g'rilik qilsa ham va hatto Abu Dardo burun jiyirsa ham», dedilar.

Roviy deydiki, men Abu Dardoni burniga shahodat barmog'i bilan ishora qilganini ko'rdim.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

Abu Hanifa (r.a.) Horisdan, u Abu Muslim Havloniydan rivoyat qiladi. Abu Muslim Havloniy aytdi: «Muoz Xumuzga kelganida bir yosh yigit uning oldiga borib: «Silai rahm va yaxshilik qiluvchi, to'g'riso'z, omonatdor, yomon ishlardan uzoq yuruvchi, kuchi etgunicha xayrli ishlar qiluvchi, biroq Alloh va rasuli haqida shubhasi bor bir kishi haqida nima deysiz?» deya so'radi. Muoz aytdiki: «Uning barcha amallari bekor ketadi». Yigit: «Gunoh-ma'siyatlar, zino qilgan, mollarni nohaq olgan, biroq Allohdan boshqa iloh yo'qligiga, Muhammad (s.a.v.) Uning quli va rasuli ekaniga ixlos bilan ishongan kishi haqida nima deysiz?»dedi. «U haqda umid va qo'rquv orasidaman», dedi Muoz. Yigit: «Qasamki, imondagi shubha amallarni yo'qqa chiqargan bo'lsa, shubha aralashmagan imonga gunohlar zarar bermaydi», dedi va ketdi. Bu gapni eshitgan Muoz: «Sunnatni bu kishidan ham yaxshiroq biladigan odam bo'lmasa kerak», dedi.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

Hammod Abu Hanifadan (r.a.), u Abu Molik al-Asjoidan, u Rabi ibn Haroshdan, u Huzayfadan rivoyat qiladi. Huzayfa dedi: «Islom kuylakdagi naqshlar kabi o'chib ketadi, faqat qari chol yo kampir qoladi. Ular: «La ilaha illalloh (Allohdan o'zga iloh yo'q), deydigan insonlar bor edi» deyishadi-yu, o'zlari bu so'zni aytmaydilar. Silo ibn Zufar bunday dedi: «Ularga bu so'z foyda beradimi, ey Abdulloh! Axir ular ro'za tutmaydilar, namoz o'qimaydilar, haj qilmaydilar, sadaqa bermaydilar-ku. U aytdi: «U so'z bilan do'zzaxdan qutiladilar». U 2 marta ovozini ko'tarib: «Ey Silo ibn Zufar, shu kalima bilan o'sha qariyalar jahannamdan qutiladilar», dedi.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

Documentation icon Andoza hujjati[koʻrib chiqish] [tahrirlash] [tarix] [yangilash]

Andoza parametrlari

tahrir

Ushbu andoza uchun tavsif berilmagan. Andozaga izoh kiritib loyihaga yordam berishingiz mumkin.

Andoza parametrlari[„TemplateData“ni boshqarish]

ParametrTavsifTuriStatus
Widthwidth

Ushbu parametrga izoh berilmagan. Parametrga izoh kiritib loyihaga yordam berishingiz mumkin

Stringrequired