Andoza:Islom:Hadislar
Tuhmatga tushib qolishdan qaytarish haqida Faqih deydilar: Kishi o'zini tuhmatga tushirib qo'yishi to'g'ri emas. (Shuning uchun) tuhmatchilar bilan o'tirmasin, ularga aralashmasin. Chunki o'zi ham tuhmatchiga aylanib qoladi. Alloh taolo marhamat qiladiki: "Axir Alloh sizlarga Kitobda: "Qachonki Allohning oyatlari inkor etilayotganini va masxara qilinayotganini eshitsangizlar, to boshqa gapga o'tmagunlaricha unday kimsalar bilan birga o'tirmanglar", degan so'zlarni nozil qilgan edi-ku?! (Modomiki, ular bilan o'tirgan ekansiz) demak, sizlar ham shak-shubhasiz ularning o'zisiz. Albatta, Alloh barcha munofiq va kofirlarni jahannamga jamlaguvchidir" (Niso, 140). Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki biror qavmga o'xshashga harakat qilsa, o'sha qavmdan bo'lib qoladi", deganlar. Luqmoni Hakimdan rivoyat qilinadi: "Yomon kishi bilan do'st bo'lgan kishi salomat bo'lmas, noloyiq ishlarga kirishgan kishi tuhmatga qolur, tiliga egalik qilolmagan kishi pushaymon bo'lur". Shunga o'xshash ma'no Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) ham rivoyat qilingan. Ibn Shihob Ali ibn Husayndan rivoyat qiladi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlariga ammalari Safiyya kelganlarida masjidda o'tirgan edilar. Birga qaytishayotganlarida ansorlardan ikki kishini uchratdilar. Rasululloh ularga: "Bu ayol ammam Safiyya bo'ladi", dedilar. Ikki ansor birdaniga: "Subhonalloh", deb yuborishdi. Shunda Rasululloh: "Shayton odam bolasining qon yo'llarida yuradi, yomon gumon qilib halokatga tushib qolishingizdan qo'rqdim", dedilar. Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi hadis ham rivoyat qilingan: "Kimki Allohga va qiyomat kuniga ishonsa, tuhmat paydo bo'ladigan o'rinlarga tushib o'zini
fitnaga solmasin".
Andoza parametrlari
tahrirUshbu andoza uchun tavsif berilmagan. Andozaga izoh kiritib loyihaga yordam berishingiz mumkin. Bu andoza parametrlarga ega emas.
Parametr | Tavsif | Turi | Status | |||
---|---|---|---|---|---|---|
No parameters specified |
Yuqoridagi hujjat Andoza:Islom:Hadislar/doc sahifasidan olingan. Tajriba oʻtkazish uchun qumloq va test sahifasidan foydalaning. Iltimos, turkumlarni hujjat sahifasiga va intervikilarni vikimaʼlumotlarga joylashtiring. Ushbu andoza ostsahifalari. |