Atsetilenning 3D modeli

Alkinlar — molekulasida uchlamchi bogʻ boʻlgan atsetilen qatori toʻyinmagan uglevodorodlari, umumiy formulasi CnH2n-2. Ularning birinchi vakili atsetilen CH≡CH dir. Atsetilendagi vodorod metil radikallar bilan almashtirilsa, molekulasida uchlamchi bogʻ boʻlgan gomologik qator hosil boʻladi. Uning birinchi gomologi metilatsetilen CH3-C≡CH; ikkinchisi etilatsetilen CH3-CH2-C≡CH va hokazo. Xalqaro nomenklatura boʻyicha atsetilen qatori uglevodorodlarni nomlashda ularga muvofiq keladigan alkanning -an qoʻshimchasi oʻrniga -in qoʻshimchasi qoʻyiladi. Alkinlar tabiatda uchramaydi, ular asosan alkanlar va kalsiy karbiddan olinadi. Alkinlar uchun birikish, polimerlanish, oʻrin olish va oksidlanish reaksiyalari xosdir. Alkinlarning oldingi uchta aʻzosi gazlar, C5H8 dan boshlab suyuq moddalar, yuqori alkinlar (C16H30) esa qattiq moddalar. Alkinlar alkenlar kabi suvdan yengil, suvda kam eriydi, organik eritmalarda yaxshi eriydi. Alkinlar va ularning hosilalaridan kundalik hayotda, texnikada keng qoʻllaniladigan: sirka aldegidi, sirka kislotasi, benzol, polivinilxlorid, poliakrilonitril, vinilatsetilen, sintetik kauchuk va boshqa moddalar olinadi.


davomi...

Arxiv