Andradit — granatlar guruhiga kiruvchi mineral. Boshqa granatlardan tarkibida kalsiy va temir borligi bilan farq qiladi. Birinchi marta topgan va tafsilotini yozgani uchun portugaliyalik mineralog olim d’Andradning nomiga qoʻyilgan. Qoʻngʻir-qizil va yashilroq kri-stallardan iborat. Qattiqligi 6,5-7,5. S. ogʻ. 3,6. A. zargarlikda va uy jihozlari (mebel)ga sayqal berishda ishlatiladi. A. Oʻzbekistonning koʻp yerlarida skarn va metamorfik togʻ jinslarida uchraydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil