Andreas Gruber
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Andreas Gruber 1996-yil 29-iyunda Avstriyaning Lienz shahrida tugʻilgan. Avstriyalik futbolchi Mattersburg klubi qanot himoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Andreas Gruber | ||
Tavallud sanasi | 29-iyun 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Lienz, Austria | ||
Boʻyi | 1.74 m (5 ft 9 in) | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Austria Wien | ||
Raqami | 17 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
-2012 | Sturm Graz | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012—2017 | SK Sturm Graz II | 58 | (19) |
2014—2017 | Sturm Graz | 58 | (5) |
2017—2020 | Mattersburg | 78 | (22) |
2020—2022 | LASK | 31 | (5) |
2022- | Austria Wien | 7 | (4) |
Milliy terma jamoa | |||
2015—2016 | Avstria U21 | 4 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (5-iyul 2022-yil uchun) |
Klublardagi faoliyati
tahrirAndreas Gruber Sturm klubining bitiruvchisi hisoblanadi. 2014-yilda Andreas Gruber asosiy jamoaning arizasiga kiritilgan. 17-avgust kuni Avstriyaning Wiena jamoasiga qarshi oʻyinda ikkinchi boʻlimda Daniel Bichlerni oʻrniga maydonga tushdi va Andreas Gruber Avstriya Bundelsigida debyut qildi[1]. 2015-yilning 11-aprelida Altachga qarshi kechgan bahsda Andreas Gruber „dubl“ni amalga oshirib, „Sturm“ safida ilk gollarini urdi[2]. 2017-yilning yozida Andreas Gruber Mattersburgga koʻchib oʻtdi. 22-iyul kuni „Rapid Wiena“ga qarshi oʻyinda Andreas Gruber yangi jamoada debyut qildi[3]. 17-sentabr kuni Red Bull Salzburgga qarshi bahsda Andreas Gruber Mattersburg safida ilk golini urdi[4].
Xalqaro karyerasi
tahrir2015-yilda Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Andreas Gruber Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Gana, Argentina, Panama va Oʻzbekiston terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[5][6][7][8].
Andreas Gruberning yaxshi oʻyinlari Avstriya U-20 terma jamoasi menejeri eʼtiboridan chetda qolmadi, shuning uchun Andreas Xeraf uni 2015-yil 30-mart kuni meksikalik yosh hamkasblariga qarshi oʻtkaziladigan xalqaro oʻrtoqlik uchrashuviga chaqirdi. 3:1 hisobidagi gʻalabada Andreas Gruber tanaffusda Markus Blutsch oʻrniga maydonga tushdi va birinchi marta jamoa formasini kiyishga ruxsat oldi. Uning oʻyini jamoa boshligʻining kutganlarini oqlaganidan soʻng, Andreas Gruber 2015-yilda Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtadigan U 20 Jahon chempionati uchun tarkibga kiritildi. U yerda Andreas Gruber Avstriya terma jamoasining Gana, Panama, Argentina va Oʻzbekistonga qarshi oʻtkazgan toʻrtta oʻyinida ham qatnashgan.
Statistika
tahrirJamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Kontinental | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Sturm Graz | 2014-15 | 24 | 2 | 3 | 0 | — | — | 27 | 2 | ||
2015-16 | 29 | 3 | 3 | 1 | 1 | 0 | — | 33 | 4 | ||
2016-17 | 5 | 0 | 0 | 0 | — | — | 5 | 0 | |||
Jami | 58 | 5 | 6 | 1 | 1 | 0 | — | 65 | 6 | ||
Mattersburg | 2017-18 | 27 | 4 | 3 | 1 | — | — | 30 | 5 | ||
2018-19 | 31 | 6 | 2 | 0 | — | — | 33 | 6 | |||
2019-20 | 20 | 12 | 2 | 0 | — | — | 22 | 12 | |||
Jami | 78 | 22 | 7 | 1 | — | — | 85 | 23 | |||
LASK | 2020-21 | 17 | 5 | 4 | 2 | 8 | 3 | — | 29 | 10 | |
2021-22 | 14 | 0 | 2 | 0 | 5 | 2 | — | 21 | 2 | ||
Jami | 31 | 5 | 6 | 2 | 13 | 5 | — | 50 | 12 | ||
Umumiy karyerasida | 167 | 32 | 19 | 4 | 14 | 5 | 0 | 0 | 200 | 41 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Штурм VS. Аустрия Вена 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (17-avgust 2014-yil). 21-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2016-yil.
- ↑ „Штурм VS. Альтах 5:0“ (inglizcha). soccerway.com (11-aprel 2015-yil). 15-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2016-yil.
- ↑ „Рапид Вена VS. Маттерсбург 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (22-iyul 2017-yil). 13-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-sentabr 2017-yil.
- ↑ „Маттерсбург VS. Ред Булл Зальцбург 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (17-sentabr 2017-yil). 21-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-sentabr 2018-yil.
- ↑ „Гана (до 20) VS. Австрия (до 20) 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (30-may 2015-yil). 14-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2016-yil.
- ↑ „Австрия (до 20) VS. Аргентина (до 20) 0:0“ (inglizcha). soccerway.com (5-iyun 2015-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2016-yil.
- ↑ „Австрия (до 20) VS. Панама (до 20) 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (2-iyun 2015-yil). 3-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2016-yil.
- ↑ „Австрия (до 20) VS. Узбекистан (до 20) 0:2“ (inglizcha). soccerway.com (11-iyun 2015-yil). 14-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2016-yil.