Andreas Johnsson
Andreas Karl Johnsson (talaffuzi: Andreas Karl Jonsson) (1994-yil 21-noyabrda tugʻilgan) — shvetsiyalik professional xokkeychi. Andreas Johnsson „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi safiga 2013-yilgi NHL kirish loyihasining yettinchi bosqichida 202-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi.
Andreas Johnsson | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
21-noyabr 1994-yil Gävle, Shvetsiya | ||
Boʻyi | 5 ft 10 in (178 cm) | ||
Ogʻirligi | 181 lb (82 kg; 12 st 13 lb) | ||
Pozitsiyasi | hujumchi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | chap qanot | ||
NHL Sobiq jamoalar |
New Jersey Devils Frölunda HC Toronto Maple Leafs | ||
NHLga kirish drafti |
202-oʻrindagi tanlov, 2013 Toronto Maple Leafs | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2012—hozirgacha |
Oʻyin faoliyati
tahrirShvetsiya
tahrirAndreas Johnsson 2012-yilning 18-dekabrida „AIK IF“ klubiga qarshi uchrashuvda „Frölunda HC“ klubi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi[1]. 2012-yil 26-dekabr kuni Andreas Johnsson „Rögle BK“ klubiga qarshi uchrashuvda oʻzining birinchi golini kiritishga muvaffaq boʻldi[2].
2014-yilning 21-aprelida Andreas Johnsson „Frölun HC“ klubidagi jamoadoshlari Alexander Wennberg va Tom Nilsson hamda „HV71“ klubi vakili Kevin Fialani ortda qoldirib, SHLning eng yaxshi yangi xokkeychisi deb topildi[3].
2014-2015-yilgi mavsumda Andreas Johnsson „Frölunda HC“ klubi safida 55 ta oʻyinda maydonga tushib, 35 ochko toʻpladi. 2015-yil 4-iyun kuni Andreas Johnsson „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[4].
NHL
tahrirToronto Maple Leafs
tahrirKeyingi mavsum Andreas Johnsson uchun yana bir shov-shuvli yil boʻldi. Ushbu mavsumda Andreas Johnsson ligada gol urish boʻyicha oltinchi oʻrinni egalladi. Shundan soʻng, Andreas Johnsson Calder kubogi pley-off bosqichida jamoaga yordam berish uchun „Toronto Marlies“ („Toronto Maple Leafs“ klubining Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali) xokkey klubi safiga qoʻshildi[5].
2019-yil 28-iyun kuni Andreas Johnsson „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bilan yangi to‘rt yillik 13,6 million dollarlik (yillik oʻrtacha qiymati 3,4 million dollarlik) shartnoma imzoladi[6].
New Jersey Devils
tahrir2020-yil 10-oktyabrda Andreas Johnsson „Toronto Maple Leafs“ klubi tomonidan Joey Anderson evaziga „New Jersey Devils“ xokkey klubiga almashtirildi[7]. „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan ikki mavsumda 121 oʻyin oʻtkazganidan soʻng, Andreas Johnsson klubni tark etdi. Andreas Johnsson 2022-2023-yilgi mavsum boshlanishidan oldin „New Jersey Devils“ klubining AHL filiali „Utica Comets“ xokkey jamoasi safiga qoʻshildi.
Faoliyat statistikasi
tahrirMuntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
tahrirMuntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2010—2011 | Frölunda HC | J18 | 12 | 9 | 9 | 18 | 8 | — | — | — | — | — | ||
2010—2011 | Frölunda HC | J18 Allsv | 15 | 14 | 13 | 27 | 18 | 5 | 3 | 1 | 4 | 2 | ||
2010—2011 | Frölunda HC | J20 | 30 | 9 | 5 | 14 | 4 | 3 | 0 | 1 | 1 | 0 | ||
2011—2012 | Frölunda HC | J18 | 3 | 3 | 5 | 8 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | Frölunda HC | J18 Allsv | 3 | 6 | 0 | 6 | 2 | 4 | 2 | 4 | 6 | 4 | ||
2011—2012 | Frölunda HC | J20 | 42 | 19 | 13 | 32 | 75 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2012—2013 | Frölunda HC | J20 | 42 | 23 | 31 | 54 | 54 | 4 | 1 | 1 | 2 | 12 | ||
2012—2013 | Frölunda HC | SEL | 7 | 1 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2013—2014 | Frölunda HC | J20 | 4 | 1 | 4 | 5 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Frölunda HC | SHL | 44 | 15 | 9 | 24 | 2 | 7 | 1 | 0 | 1 | 4 | ||
2014—2015 | Frölunda HC | SHL | 55 | 22 | 13 | 35 | 34 | 8 | 2 | 2 | 4 | 4 | ||
2015—2016 | Frölunda HC | SHL | 52 | 19 | 25 | 44 | 20 | 16 | 2 | 2 | 4 | 8 | ||
2015—2016 | Toronto Marlies | AHL | — | — | — | — | — | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2016—2017 | Toronto Marlies | AHL | 75 | 20 | 27 | 47 | 42 | 11 | 6 | 0 | 6 | 13 | ||
2017—2018 | Toronto Marlies | AHL | 54 | 26 | 28 | 54 | 53 | 16 | 10 | 14 | 24 | 4 | ||
2017—2018 | Toronto Maple Leafs | NHL | 9 | 2 | 1 | 3 | 0 | 6 | 1 | 1 | 2 | 2 | ||
2018—2019 | Toronto Maple Leafs | NHL | 73 | 20 | 23 | 43 | 32 | 7 | 1 | 3 | 4 | 0 | ||
2019—2020 | Toronto Maple Leafs | NHL | 43 | 8 | 13 | 21 | 14 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2020—2021 | New Jersey Devils | NHL | 50 | 5 | 6 | 11 | 12 | — | — | — | — | — | ||
2021—2022 | New Jersey Devils | NHL | 71 | 13 | 22 | 35 | 30 | — | — | — | — | — | ||
NHL jami | 246 | 48 | 65 | 113 | 88 | 14 | 2 | 4 | 6 | 2 |
Manbalar
tahrir- ↑ Rylander. „Förlust – men junioren njöt“ (Swedish). Göteborgs-Posten (2012-yil 18-dekabr). 2013-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-dekabr.
- ↑ Magné. „Jag har övat lite på träningarna...“ (Swedish). Aftonbladet (2012-yil 26-dekabr). 2018-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-dekabr.
- ↑ „Andreas Johnson årets rookie“ (2014-yil 20-aprel). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-mart.
- ↑ „Maple Leafs sign Johnson; re-sign Brennan“. Official Website of the Toronto Maple Leafs (2015-yil 4-iyun). 2015-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.
- ↑ „Andreas Johnson makes his debut in Marlies OT loss“ (2016-yil 9-may). 2016-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-iyun.
- ↑ „Maple Leafs Sign Kapanen and Johnsson to Contract Extensions“. Toronto Maple Leafs. 2019-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
- ↑ „Devils acquire Andreas Johnsson“. New Jersey Devils (2020-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-oktyabr.