Andrew Prokos (1971-yilda tugʻilgan) — amerikalik arxitektura va tasviriy sanʼat fotografi .

Andrew Prokos

Fotograf Andrew Prokos
Tavalludi 1971-yil
Millati ingliz
Sohasi Fotograf
Mukofotlari Lucies (IPA Awards), Prix de la Photographie Paris (Px3), American Photography, Epson International Pano Awards, Neutral Density Photography Awards

Yoshligi tahrir

Prokos Ikkinchi jahon urushidan keyin ular oilasi bilan birgalikda Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib kelishgan. [1] U yoshlik paytida Prokosning oilasi Floridaga koʻchib oʻtishgan va Florida universitetiga siyosatshunoslik fakultetinioʻqishga kirgan.[2] U birinchi marta 20 yoshida Nyu-York shahriga koʻchib oʻtganidan keyin suratga olishni boshlagan [3]

Faoliyati tahrir

1990-yillarning oʻrtalariga kelib Prokos Italiya va Gretsiyada, shuningdek, deyarli butun Yevropa boʻylab sayohat qilgan. Prokos 2002-yil davomida arxitektorlar, mulk ishlab chiqaruvchilar, interyer dizaynerlari, reklama agentliklari va korporativ mijozlardan buyurtmalar qabul qilib, faqat fotografiya sohasi bilan shugʻullangan.[4][5] Uning fotosuratlari ArchDaily,[6] Casa Vogue,[7] Communication Arts, DesignBoom Magazine,[8] .Dezeen Magazine,[9] Manhattan Magazine, Metropolis, New York City Oylik, PDN Edu, Lloyds Bank, Morgan Stanley, E&J Gallo, Abbott Labs, Ritz-Carlton Hotel Company va Evraz kabi koʻplab kompaniyalarning reklama kampaniyalari, jurnallar, gazetalar va veb-saytlarda nashr etilgan. Prokos Amerika ommaviy axborot vositalari fotograflari jamiyatining Nyu-York boʻlimi aʼzosi hisoblanadi. [10]

2012 va 2013-yillarda Prokos Braziliyaga sayohat qilishi davomida bir nechta mukofotga sazovor boʻlgan fotosuratlar seriyasini, shu jumladan Niemeyerning „Brazilia“ asarini yaratgan. Seriya 2013-yil noyabr oyida Braziliya poytaxtining bosh gazetasi Correio Brazilienseda toʻliq sahifali maqolada chop etilgan[11] Niemeyerning Brasilia fotosuratlari butun dunyo boʻylab eʼtirofga sazovor boʻlgan va Qoʻshma Shtatlar,[12][13] Braziliya,[14][15] Meksika, Chili,[16] Gretsiya, Ispaniya,[17] Buyuk Britaniya,[18] Niderlandiya,[19] Isroil,[20] Yangi Zelandiya,[21] Yaponiya, Xitoy,[22] va Malayziya[23] kabi oʻn ikki mamlakatda deyarli yettita tilda nashr etilgan.

2014-yil iyul oyida Amerika Qoʻshma Shtatlari elchixonasi, Afina va Kathimerini gazetasi tomonidan tayyorlangan "Gʻarbga ketgan yunonlar" nomli hujjatli filmning asosiy 23 ta taniqli yunon-amerikalik qahramonlaridan biri Prokos boʻlgan. Ushbu video Prokosning Nyu-Yorkdagi Banco do Brasil koʻrgazmasi asosida suratga olingan.[24]

2019-yilda Prokos Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilgan madaniy delegatsiyada ishtirok etgan. Bu delegatsiyaning tarkibiga Nyu-York shahridagi Guggenxaym muzeyi va Los-Anjelesdagi A+D muzeyining taniqli fotorassomlari va kuratorlari kirgan edi.

2020-yilda Prokos yangi eksperimental va abstrakt sanʼat fotografiyasi ustida ish boshlaydi. Prokosning juda yuqori aniqlikdagi oʻrta formatli kamera bilan olingan fotosuratlari 2022-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida Endryu Prokos: Yangi Abstraksiya nomli yirik shaxsiy koʻrgazmasiga qoʻyilgan. [25]

Mukofotlari tahrir

Prokos "Katta shaharning abstraktiv suratlari " nomli tasviriy sanʼat seriyasi uchun American Photography 37 (2021)da va " Inverted " seriyasi uchun Nyu-Yorkdagi 2021-yilgi Xalqaro Fotografiya mukofotlari marosimida kumush medalga sazovor bo‘lgan.[26] Xuddi shu seriyalar 2020 va 2021-yillarda esa Prix de la Photographie, Parijda (Px3) tanlovlarda faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.[27][28]

Uning dunyoning turli joylarida kun va tunning almashish vaqtini turli ekspozitsiyalarda foydalanib yaratilgan „Night & Day“ toʻplami American Photography 31 [29] uchun munosib deb tanlangan va 2015-yilda ikki marta birinchi oʻrinni olgan. Shuningdek Prokos Prix de la Photographie Peopleʼs Choice mukofotlari bilan ham taqdirlangan.[30][31]

„Night & Day“ toʻplami 2014-yil Neytral zichlikdagi fotosuratlar mukofotlarida kumush medal bilan [32] va 2014-yilgi Xalqaro fotosuratlar mukofotlarida esa (Lyusi) ikkita Faxriy mukofot bilan taqdirlangan.

Prokosning Braziliya poytaxtining tungi tasviri aks etgan fotosuratlari joy olgan "Niemeyer Braziliyasi " nomli toʻpami 2014-yilda hakamlar hay’ati tomonidan Lotin Amerikasidagi Fotografia 3 to‘plami uchun tanlab olingan va 2013-yilda Xalqaro fotograflar tanlovida (Lucie Awards) kumush medali bilan taqdirlangan.[33] Prokosning shahar manzaralari va landshaftlarini panoramali suratga olgan tasvirlari Epson International Pano tanlovlarida koʻplab medallar bilan taqdirlangan.[34]

Manbalar tahrir

  1. Adam, Diane. „Through the lens with Andrew Prokos“. Greek Star (2013-yil dekabr). 2014-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
  2. „About the Photographer: Andrew Prokos“. Year of Brazil at Queens College. Queens College, City University of New York. 2014-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
  3. Gordon, Jessica (September 1, 2006). "It's A Living: Andrew Prokos". Photo District News (Fall 06). http://www.pdnonline.com/pdnedu/Its-A-Living-Andre-342.shtml. 
  4. Karatzas. „The Camera - Andrew Prokos“. ArcSpace. ArcSpace. Qaraldi: 2014-yil 25-aprel.
  5. Grahame. „Architectural Photographer Friday: Andrew Prokos“. Photography & Architecture. Photography & Architecture. 2014-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-aprel.
  6. Jordana. „Night Photographs of Oscar Niemeyer's Brasilia Win at the 2013 International Photography Awards“. ArchDaily. ArchDaily. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
  7. KINDLE. „Fotos de Brasília levam prêmio“. Casa Vogue Brasil. Conde Nast. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
  8. „andrew prokos deconstructs frank gehry's EMP museum“. DesignBoom Magazine. DesignBoom Magazine. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
  9. „Niemeyer's Brasília photographed by Andrew Prokos“. Dezeen Magazine. Dezeen Magazine. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
  10. „ASMP Member Profile: Andrew Prokos“. American Society of Media Photographers. American Society of Media Photographers. 2011-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-aprel.
  11. Maciel, Nahima. „Fotógrafo é premiado com série sobre arquitetura da capital modernista“. Correio Braziliense (2013-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 25-aprel.
  12. Jordana. „Night Photographs of Oscar Niemeyer's Brasilia Win at the 2013 International Photography Awards“. ArchDaily. ArchDaily. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  13. „Photographer Andrew Prokos is Honored for His Night Photography in Brazil“. The Greek Star Newspaper. The Greek Star Newspaper. 2014-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  14. Ribas. „'Brasília de Niemeyer': cliques noturnos da obra do mestre brasileiro“. Jornal O Globo. O Globo. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  15. Helm. „Fotografias noturnas das obras de Oscar Niemeyer em Brasília são premiadas no International Photography Awards de 2013“. ArchDaily Brasil. ArchDaily Brasil. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  16. Gutiérrez. „Fotografías nocturnas de la Brasilia de Oscar Niemeyer ganan en los Premios Internacionales de Fotografía 2013“. Plataforma Arquitectura. Plataforma Arquitectura. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  17. „NIEMEYER'S BRASILIA BY ANDREW PROKOS“. Dodho Magazine. Dodho. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  18. „Niemeyer's Brasília photographed by Andrew Prokos“. Dezeen Magazine. Dezeen. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  19. „andrew prokos captures surreal photos of niemeyer's brasilia“. DesignBoom Magazine. DesignBoom. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  20. Milstein. „המבנים שמאירים את שמיי ברזיל“. MAKO Living. MAKO News. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  21. Burton. „Niemeyer's Brasilia by Andrew Prokos“. Design Folio Magazine. Design Folio. 2014-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  22. „andrew prokos captures surreal photos of niemeyer's brasilia“. SpaceKoo Magazine. SpaceKoo. 2014-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  23. „Niemeyer's Brasilia by Andrew Prokos“. Lensa Fine Art Photography Magazine. Lensa. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  24. Vorvolakos. „Greeks Gone West - Interview with Photographer Andrew Prokos“. kathimerini.gr. Kathimerini. 2018-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-noyabr.
  25. „Member Spotlight: Andrew Prokos Selected for Solo Exhibit at Xposure International Photography Festival in United Arab Emirates“. American Society of Media Photographers. American Society of Media Photographers. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
  26. „Andrew Prokos - Inverted“. International Photography Awards.
  27. „Andrew Prokos - Metropolis Abstracted“. Prix de la Photographie, Paris.
  28. „Andrew Prokos - Inverted“. Prix de la Photographie, Paris.
  29. „Night & Day“. American Photography 31. AI/AP. Qaraldi: 2016-yil 8-fevral.
  30. „PX3 - 2015 Winners“. Prix de la Photographie, Paris. Prix de la Photographie, Paris. 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  31. „PX3 - 2015 Winners“. Prix de la Photographie, Paris. Prix de la Photographie, Paris. 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  32. „Night & Day“. Neutral Density Photography Awards. ND Magazine. Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  33. Martinos. „AN INTERVIEW WITH ARCHITECTURAL & FINE ART PHOTOGRAPHER ANDREW PROKOS“. ArchiSearch. ArchiSearch. 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
  34. „Stunning Panoramic Photos of New York City, Toronto, and Bryce Canyon by Photographer Andrew Prokos Win at the 2013 Epson International Pano Awards“. StealMag. StealMag. 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.