Andrey Belozerskiy
Andrey Nikolayevich Belozerskiy (1905.16(29).8, Toshkent – 1972.31.12, Moskva) – biokimyogar, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademik (1962); vitse-prezidenti (1971 – 72). Oʻrta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1927). Moskva davlat universiteti, ayni vaqtda sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi Biokimyo instituti professor (1946 it dan). Asarlari oqsillar, asosan nuklein kislotalarga bagʻishlangan. B. dezoksiribonuklein kislota (DNK) bilan ribonuklein kislota (RNK)ning yuksak va tuban oʻsimliklarda keng tarqalganini aniqlagan.[1]
ManbalarTahrirlash
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |