Andrey Aleksandrovich Kuznetsov (ruscha: Андре́й Алекса́ндрович Кузнецо́в , 1991-yil 22-fevralda tugʻilgan) — rossiyalik professional tennischi. 2016-yilning 25-aprelida u oʻzining yakkalikdagi faoliyatidagi eng yuqori koʻrsatkichga — dunyoning 39-raqamiga erishdi.

Andrey Kuznetsov
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Istiqomat joyi Moskva, Rossiya
Tugʻilishi 22-fevral 1991-yil (1991-02-22) (33 yosh)
Tula, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in) sm
Professionallik 2009
Ishlatadigan qoʻli Oʻng qoʻl
Murabbiy Burghard Riehemann
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori $$3,042,950
Yakkalik bahslar
Rekordi 77–97
Jami titullari 0
Eng yuqori pozitsiyasi No. 39 (2016)
Joriy pozitsiyasi No. 339 (2022)
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open 4R (2016)
French Open 3R (2015)
Wimbledon 3R (2014, 2016)
US Open 3R (2014, 2016)
Boshqa turnirlar
Olympic Games 1R (2016)
Juftlik bahslari
Rekordi 21–27
Jami titullari 0
Eng yuqori pozitsiyasi No. 137 (2017)
Joriy pozitsiyasi No. 910 (2022)
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open 2R (2017)
French Open 1R (2016)
Wimbledon 1R (2013)
US Open 2R (2017)
Soʻnggi marta yangilandi: 2022-yil 10-oktyabr.

Tennisdagi faoliyati tahrir

Andrey Kuznestov olti yoshida otasi Aleksandr murabbiyligida tennis bilan shugʻullana boshlagan. 2001-yilda uning oilasi Balashixaga koʻchib oʻtdi. U oʻsha yerdagi sport klubiga qatnasha boshladi[1].

Kuznetsov oʻzining birinchi ITF oʻsmirlar turnirini 2006-yilda Udmurtiyaning „Qora oltini“ musobaqasida oʻtkazdi va saralash bosqichida yoʻllanma oldi. Uning birinchi eʼtiborga loyiq yutugʻi Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan „Gubernator kubogi“da boʻlib, u yerda yarim finalga chiqdi. U Oʻzbekistondagi NBU kubogida ilk finaliga chiqdi. Turnirlarning aksariyati gil kortda boʻlgan, ammo 2007-yilda u gilam va qattiq kortlar ustida oʻynagan. Bu mavsumda u yakkalik bahslarida uchta finalga chiqdi, bir marta gʻalaba qozondi. Juftlik bahslarida uchta juftlik finalida ikki marta gʻalaba qozondi. Uning eng yaxshi mavsumi 2008-yil boʻlib, u uchta yakkalik chempionligini qoʻlga kiritdi va juftlik bahslarida yaxshi oʻynadi. Andreyning oʻsmirlar oʻrtasidagi soʻnggi turniri 2009-yilgi Wimbledon boʻlib, oʻzining birinchi Katta dubulgʻa chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu Vladimir Korotkov 1965 va 1966-yillarda bu muvaffaqiyatga erishganidan beri 43-yil ichida birinchi marta rossiyalik tennischining Wimbledonda gʻolib chiqishi edi[2].

Kuznetsov yakkalik bahslarida 80-24 gʻalaba va magʻlubiyat natijasi bilan 2009-yil iyul oyida dunyoda 3-oʻrinni egalladi.

U 2013-yilgi Avstraliya Ochiq chempionatining 11-raketkasi Juan Mónaconi birinchi raundda toʻgʻridan-toʻgʻri magʻlubiyatga uchratib, birinchi marta Katta dubulgʻa turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi[3][4].

2014-yilgi Wimbledonda Kuznetsov besh setda yettinchi raqamda saralangan Devid Ferrerni magʻlub etib, dunyoning top-10 oʻyinchisi ustidan birinchi gʻalabasini qayd etdi. Gʻalaba Kuznetsovni birinchi marta „Katta dubulgʻa“ning uchinchi raundiga olib chiqdi[5].

2014-yilgi US Open turnirida u ikkinchi raundda Fernando Verdasconi magʻlub etgan, ammo uchinchi raundda Andy Murrayga yutqazgan[6].

Shaxsiy hayoti tahrir

2018-yil 30-iyun kuni Kuznetsov Match TV telekoʻrsatuvi boshlovchisi Darya Levchenko bilan turmush qurdi[7].

ATP finallari tahrir

Natija Sana Turnir Maydon Hamkor Raqiblar Hisob
Ikkinchi oʻrin egasi 2017-yil 12-fevral Sofia Open, Sofiya, Bolgariya Qattiq (i)   Mixail Elgin  Viktor Troitki



 Nenad Zimonjich
4-6, 4-6

Boshqa finallar tahrir

Universiada medallari uchun oʻyinlar tahrir

Natija Yil Chempionat Maydon Hamkor Raqiblar Hisob
Oltin 2013-yil Qozon Universiadasi Qattiq   Elena Vesnina  Shota Tagava



  Xiroko Kuvata
6-4, 3-6, [12-10]

Manbalar tahrir

  1. Inna Varyukhina. „Они начинают... Екатерина Косминская и Андрей Кузнецов“ (ru). korch.com.ru (2014-yil 27-may). 2016-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-yanvar.
  2. Anna Kozina. „"Большой шлем" к лицу Андрюше“ (ru). Rossiyskaya Gazeta (2009-yil 7-iyul). Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
  3. „Injured Monaco first seed to fall in Melbourne“. Reuters (2013-yil 14-yanvar).
  4. Klein, Benjamin. „Australian Open 2013: Under-the-Radar Players Looking to Make Deep Runs“. Bleacher Report.
  5. „Kuznetsov dumps Ferrer out“. SportingLife (2014-yil 25-iyun). 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
  6. „Andy Murray reaches US Open fourth round with defeat of Andrey Kuznetsov“. TheGuardian.com (2014-yil 30-avgust).
  7. Andrey Kuznesov i Darya Levchenko sigrali svadbu