Andrey Vladimirovich Lutay (ruscha: Андре́й Влади́мирович Лута́й; 1986-yil 24-iyul, Belgorod, RSFSR, SSSR) — rossiyalik figurali uchuvchi. Xalqaro toifadagi sport ustasi. 2007—2008-yillarda boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatining kumush medali sovrindori. 2009-yilgi Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori. Yevropa va jahon chempionatlari ishtirokchisi. Xalqaro maydondagi eng yaxshi yutuq sohibi. Andrey Vladimirovich 2005-yilda oʻtkazilgan qishki Universiada musobaqasida 5-oʻrinni egallagan. Oʻsmirlar va kattalar oʻrtasidagi Gran-pri turniri ishtirokchisi. Xalqaro tanlovlar gʻolibi.

Andrey Lutay
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Andrey Lutay
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Boʻyi 176
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 204.99
Qisqa dastur 68.95
Erkin dastur 136.04

Andrey Lutay hozirgi vaqtda Bolgariyada figurali uchish boʻyicha murabbiy boʻlib faoliyat yuritadi.

Faoliyati tahrir

Andrey xalqaro toifadagi sport ustasi unvonini oldi.

Andrey oʻzining birinchi muhim muvaffaqiyatiga 2006—2007-yilgi mavsumda, Moskva yaqinidagi Mytishchi shahrida boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatida ikkinchi oʻrinni egallaganida erishdi. Oʻsha yili yevropa chempionatida 5-oʻrinni egalladi.

Keyingi 2007-2008 mavsumda Andrey Lutay Gran-pri turnirining Skate America va Cup of Russia bosqichlarida unchalik yaxshi qatnasha olmadi va 7 hamda 9-oʻrinlardan joy oldi. Rossiya chempionatida oʻtgan yilgi natijasini takrorlab, Yevropa chempionatida 8-oʻrinni egalladi.

 
Andrey Lutai 2009-yilgi Yevropa chempionatida.

Andrey Lutay 2008—2009-yilgi mavsumda Trophee Eric Bompard turnirida chiqish qildi. U Fransiya turnirida11-chi va Yaponiya turnirida 8-oʻrinni egalladi. Milliy chempionatda uchinchi oʻrinni egallab, Yevropa chempionati uchun jamoaga kiritildi[1]. Figurali uchish boʻyicha Yevropa chempionati uchun Rossiya terma jamoasining tarkibi maʼlum boʻldi. Jamoaviy turnirda Andrey yettinchi oʻrinni egalladi va bu natija rossiyalik yakka holda konkida uchuvchilarning turnirdagi eng yaxshi natijasi boʻldi (Voronov — 9-oʻrin, Borodulin — 13). Yevropa chempionati natijalariga koʻra, Andrey Jahon kubogi uchun terma jamoaga kiritildi[2]. 2009-yilgi Jahon chempionatida u oʻz faoliyatida birinchi marta kuchli oʻntalikka kirdi.

Natijalari tahrir

Musobaqalar/mavsumlar 2002/2003 ㅤ 2003/2004 ㅤ 2004/2005 ㅤ 2005/2006 ㅤ 2006/2007 ㅤ 2007/2008 ㅤ 2008/2009 ㅤ 2009/2010 ㅤ
Jahon chempionatlari 20 10
Yevropa chempionati 5 8 7
Rossiya chempionati 8 4 7 7 2 2 3
Gran-pri bosqichlari: Cup of Russia 9
Gran-pri bosqichlari: Trophee Bompard 11
Gran-pri bosqichlari: Skate America 7 10
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 9
Finlandia Trophy turnirlari 8
Carl Schefer xotirasi 1

Manbalar tahrir