Belgorod — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Belgorod viloyati markazi. Severskiy Dones daryosi boʻyida. Yirik temir yoʻl tuguni. Aholisi 315,2 ming (1999). 1237-yildan maʼlum. Sanoatining eng muhim tarmoqlari: binokorlik materiallari ishlab chiqarish (sement zavodi, asbestotsement, boʻrohak kombinatlari), mashinasozlik (energetika, kimyo, asbobsozlik, elektrotexnika, radioelektronika sanoati). Oziq-ovqat, kimyo, mebel sanoati korxonalari, oʻlkashunoslik va badiiy muzeylar, "Kursk jangi" muzey-dioramasi, yirik issiqlik elektr markazi bor. Belgorod orqali Shebelinka — Moskva gaz quvuri oʻtadi. 3 ta oliy oʻquv yurti, 2 ta teatr, telemarkaz bor.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil