Andrey Markov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Andrey Andreyevich Markov [1856.2(14).6, Ryazan – 1922.20.7, Petrograd] — rus matematigi. Peterburg Fanlar Akademiyasi akademik (1890). Peterburg universitetini tugatgan (1878), professor (1886). Markov ehtimollar nazariyasiga katta hissa qoʻshgan. U katta sonlar qonunini eng umumiy shartlarda isbot qilgan. Markov fanga (ke-yinchalik uning nomi bilan atalgan – Markov zanjirlari, Markov jarayonlari) maxsus bogʻlanishga ega boʻlgan tasodifiy miqdorlar ketma-ketligini kiritgan va ular uchun markaziy limit teoremani isbot qilgan (qarang Limit teoremalar). Markov jarayonlari fizika, texnika, biologiya va boshqa sohalarda koʻplab tatbiq etiladi. Markovning eng kichik kvadratlar usulini asoslashga bagʻishlangan ishlari ham bor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |