Andrey Medvedev
Andrey Medvedev[1] (ukraincha: Андрій Медведєв; 1974-yil 31-avgustda tugʻilgan) — ukrainalik sobiq professional tennischi. Medvedev 1999-yilda Fransiya ochiq chempionatining finaligacha va 1993-yilda yarim finaligacha yetib borgan. Faoliyati davomida toʻrtta Masters turnirida gʻalaba qozongan. 1994-yil may oyida dunyoning 4-raqamli tennischisiga aylangan. Bu faoliyatidagi eng yuqori natija (reyting oʻrni) hisoblanadi.
Andrey Medvedev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
31-avgust 1974-yil Kiyev, USSR, SSSR |
Faoliyat yillari | 1991—2001 |
Boʻyi | 1.93 m |
Sport | |
Mamlakat | Ukraina |
Qaysi sport | Tennis |
Faol tomoni | oʻnaqay |
Faoliyati
tahrir1991-yilda Medvedev oʻsmirlar oʻrtasidagi Fransiya ochiq chempionatidaning yakkalik yoʻnalishida chempionlikni qoʻlga kiritgan.
1992-yilda, 17 yoshida, Medvedev Genuya va Shtutgartda oʻtkazilgan ATP Tour seriyasiga kiruvchi musobaqalarda chempionlikni qoʻlga kiritgan. Shtutgertdagi turnirda oʻsha paytda jahon reytingida 2-oʻrinni egallab turgan Stefan Edbergni magʻlub etgan. Mavsumni 25-oʻrinda yakunlagan.
Medvedevning eng muvaffaqiyatli turniri Gamburg Masters (sobiq Germaniya ochiq chempionati) hisoblanadi. Mazkur turnirda 3 marta (1994, 1995 va 1997-yillarda) gʻalaba qozongan[2].
1990-yillarning oxirida Medvedevning sport formasi va natijalari pasayib ketdi. 1999-yilgi Fransiya ochiq chempionatida 100-raqam ostida ishtirok etgan. Kutimaganda finalgacha yetib borgan. Finalgacha boʻlgan yoʻlda Dinu Pescariu, Pete Sampras, Byron Black, Arnaud Di Pasquale, Gustavo Kuerten va Fernando Meligenini magʻlub etgan[3]. Medvedev finalda Andre Agassiga qarshi bahs olib borgan. Finalning dastlabki ikki setida gʻalaba qozongan. Lekin keyingi 3 ta setda Agassi gʻalaba qozonib, musobaqa chempioniga aylangan[4]. Shundan keyin Medvedev boshqa aytarli natijalarga erisha olmagan va 2001-yilda faoliyatini yakunlagan.
Shaxsiy hayoti
tahrirAndreyning singlisi Natalya Medvedeva. 1995-yilda yettinchi marotaba oʻtkazilayotgan Hopman kubogida Andrey Medvedev va Natalya Medvedeva aralash juftlik bahslarida Ukraina sharafini himoya qilishgan. Finalda germaniyalik Boris Becker va Anke Huberga juftligiga magʻlub boʻlishgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Andrei Medvedev“. ATP Tour. Qaraldi: 2021-yil 1-may.
- ↑ Sampras earns comeback success. The Independent. (17 May 2000)
- ↑ Finn, Robin (5 June 1999) Medvedev, a Finalist at the French Open, Can Feel the Love. The New York Times.
- ↑ String Quartet (Wayback Machine saytida 2012-11-03 sanasida arxivlangan). Sportsillustrated.cnn.com (14 June 1999). Retrieved on 22 February 2014.
- ↑ Past Results — Hopman Cup VII. Hopmancup.com (4 January 2014). Retrieved on 22 February 2014.