Andrey Insunovich Pak (1926-yil [1]noyabr — 1994) — sovet geologi, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, Lenin mukofoti laureati.

Tarjimai holi

tahrir

1951-yilda A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat universitetini tamomlagan[2]. Krasnoxolmskaya qidiruv ekspeditsiyasida bosh geolog, partiyalar boshligʻi boʻlib ishlagan[2]. Oltin, kumush, uran, fosforitlar, firuza, kvarts qumlari va boshqa konlarni ochish va qidirishda ishtirok etgan. Uchquduq uran konini kashf etganlardan biri (V.M.Mazin, F.N.Abakumov, A.A.Petrenko, M.E.Poyarkova bilan birgalikda), uning negizida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil etilgan[3].

1967-1994-yillar mobaynida Oʻzbekiston SSR fanlar Akademiyasi geologiya va geofizika institutining katta va yetakchi ilmiy xodimi boʻlgan[2].

Oilasi

tahrir

Xotini — Mariya Borisovna Pak;

  • uch oʻgʻil boʻlgan[2].

Ilmiy faoliyati

tahrir

1965-yilda nomzodlik, 1984-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[2].

Tanlangan ishlari

tahrir
  • Пак А. И. Эволюция кор выветривания в истории Земли. — Ташкент: Фан, 1987. — 156 с.

Mukofotlari

tahrir
  • 1959-yildagi Lenin mukofoti — Uchquduq uran konini kashf etgani uchun (F.N.Abakumov, A.A.Petrenko, M.E.Poyarkova, V.I.Kuzmenko bilan birgalikda)[4]
  • Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni[2]
  • „Kon kashfiyotchisi“ faxriy nishoni[2].

Manbalar

tahrir
  1. /Юбилей Андрея Инсуновича Пака/. Узбекский геологический журнал, 1977. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 . Геолог, учёный, лауреат. Ташкент: Niso Poligraf, 2012. 
  3. „Урановой геологии — 65 лет“. Федеральное агентство по недропользованию (2010-yil 13-oktyabr). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-avgust.
  4. Разведка и охрана недр. Госгеолтехиздат, 2005. 

Adabiyotlar

tahrir