Andrey Andreyevich Shipilov (ruscha: Шипилов, Андрей Андреевич; 1999-yil 23-iyulda tugʻilgan) – rossiyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynagan.

Andrey Shipilov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrey Andreyevich Shipilov
Tavallud sanasi 23-iyul 1999-yil (1999-07-23) (25 yosh)
Tavallud joyi Sankt-Peterburg Rossiya
Boʻyi 192 cm (6 ft 3 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016 Rossiya Tosno 0 (0)
2017 Rossiya SPbGU-Baltavto 0 (0)
2018—2021 Oʻzbekiston Metallurg 20 (0)
2021—2022 Qirgʻiziston Dordoy 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

2016-yilgi mavsum Rossiyada „Tosno“ yoshlar jamoasida yettita oʻyin oʻtkazgan, shuningdek, oʻsha yili Sankt-Peterburg davlat universiteti-Baltavto jamoasi tarkibida yoshlar jamoalari oʻrtasidagi Sankt-Peterburg chempionatida, ishtirok etgan.

2018-yilgi mavsumda Oʻzbekistonga koʻchib oʻtgan va Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Uch yarim mavsum davomida Bekobod jamoasi tarkibida oʻynagan va 20 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2021-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida Qirgʻizistonning „Dordoy“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Dordoy jamoasi 2 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2022-yilgi mavsumda Dordoy jamoasini tark etgan va futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Andrey Shipilovning otasining ismi ham Andrey boʻlib, professional sobiq futbolchi, murabbiy hisoblanadi.

Havolalar

tahrir