Androgenez
Androgenez (yun. andros — er-kak va … genez) — jinsiy koʻpayish xili. Bunda murtakning rivojla-nishida faqat urugʻ hujayra yadrosi ishtirok etadi. A. ayrim hayvonlar (mas, gabrobrakon yaydoqchilari) va oʻsimliklar (makkajoʻxori, tamaki)da tuxum hujayra yadrosi urugʻlanishidan oldin nobud boʻlganida (psevdogamiya) yoki tuxum hujayraning yadrosiz qismi urugʻlanganida (merogoniya) roʻy beradi. Tuxum hujayra yadrosiga fizik yoki kimyo-viy yoʻl bilan taʼsir etish orqali sunʼiy A.ni paydo qilish mumkin. A. natijasida hosil boʻlgan gaploid organizmning yashovchanligi past boʻladi. Diploid A. urugʻlangan tuxum hujayraning dast-labki boʻlinishi sitotomiyasini birga qoʻshish orqali olinadi. A.dan irsiyla-nishda yadroning ahamiyatini tekshirish, gomozigot yoki bir jinsga mansub boʻlgan organizmlarni olish maqsadida foyda-lanish mumkin.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |