Andrew Graham (talaffuzi: Endryu Grem) (1983-yil 22-sentyabrda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Andy Graham „Alloa Athletic“ futbol klubi jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi. Graham oʻzining faoliyatini yoshligida „Glasgow Amateurs“ futbol klubining yoshlar jamoasida boshlagan. Shundan soʻng, u „Stirling Albion“, „Hamilton Academical“, „Greenock Morton“, „Dumbarton“ va „Ayr United“ futbol klublarida futbolchilik faoliyatini davom ettirgan.

Andy Graham
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrew Graham
Tavallud sanasi 22-sentyabr 1983-yil (1983-09-22) (40 yosh)
Tavallud joyi Glasgow, Shotlandiya
Boʻyi 1.85 m[1]
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Alloa Athletic
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Glasgow Amateurs
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2010 Stirling Albion 133 (10)
2010—2011 Hamilton Academical 15 (0)
2011—2012 Greenock Morton 27 (0)
2012—2015 Dumbarton 102 (6)
2015—2016 Ayr United 25 (2)
2016 Alloa Athletic 145 (11)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 30-aprel uchun)

Faoliyati tahrir

Stirling Albion tahrir

Andy Graham „Glasgow Amateurs“ futbol klubining yoshlar jamoasidan keyin „Stirling Albion“ futbol klubi safiga kelib qoʻshilgan[2]. Uning „Stirling Albion“ futbol klubidagi ilk oʻyini 2005-yilning 30-iyulida „Ayr United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan. Andy Graham oʻzining klubdagi birinchi golini 2005-yilning 27-avgustida „Alloa Athletic“ futbol klubi darvozasiga kiritgan[3]. Andy Graham oʻz faoliyatini markaziy himoyachi sifatida boshlagan, ammo 2009—2010-yilgi mavsumda Stirling Albion.com saytida oʻng qanot himoyachisi sifatida yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgan.

Hamilton va Morton tahrir

"Stirling Albion" futbol klubi bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, Graham 2010—2011-yilgi mavsumda „Hamilton Academical“ futbol klubiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshilgan[4].

„Hamilton“ futbol klubidagi yillik shartnomasini tugatgandan soʻng, Andy Graham „Greenock Morton“ futbol klubi shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan[5].

Dumbarton tahrir

"Greenock Morton" futbol klubidagi bir mavsumdan soʻng Graham klubni tark etgan va jamoadoshi Ross Forsyth bilan birga yaqin atrofdagi „Dumbarton“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[6]. U klub safidagi birinchi golini 2012-yilning noyabrida „East Stirlingshire“ futbol klubiga qarshi oʻyinda kiritgan. 2012—2013-yilgi mavsum oxirida Andy Graham „Dumbarton“ futbol klubi bilan yangi bir yillik shartnoma imzolagan. 2014-yilning may oyida Graham klub bilan yana bir yillik yangi shartnomaga rozi boʻlgan[7]. Andy Graham klubning asosiy jamoasi safida ketma-ket 83 ta oʻyinda maydonga tushgan[8].

Andy Graham „Raith Rovers“ futbol klubi bilan 2:2 hisobida durang oʻyinda klub safidagi 100-uchrashuvini oʻtkazgan. Graham klubning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgach, 2015—2016-yilgi mavsum uchun klub bilan imzolagan shartnoma muddatini yangilagan[9][10]. Andy Graham 2015-yilning avgust oyida oʻzaro kelishuvga koʻra klubni tark etgan[11].

Ayr United tahrir

2015-yilning 27-avgustida Andy Graham „Ayr United“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[12]. Ammo koʻp vaqt oʻtmay, u „Ayr United“ futbol klubini tark etgan[13].

Alloa Athletic tahrir

2016-yil 2-iyun kuni Andy Graham Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „Alloa Athletic“ futbol klubi jamoasiga qoʻshilgan[14]. Hozirda u jamoa sardori hisoblanadi.

Faoliyat statistikasi tahrir

2021-yil 30-aprel holatiga ko'ra;
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Stirling Albion 2005—2006 Shotlandiya Ikkinchi diviziyasi 30 2 3 0 2 0 2 0 37 2
2006—2007 15 0 2 0 1 0 1 0 19 0
2007—2008 Shotlandiya Birinchi diviziyasi 26 0 1 0 2 0 0 0 29 0
2008—2009 Shotlandiya Ikkinchi diviziyasi 26 2 1 0 1 1 1 0 29 3
2009—2010 36 6 4 0 1 0 3 1 44 7
Jami 133 10 11 0 7 1 7 1 158 12
Hamilton Academical 2010—2011 Shotlandiya Premyer ligasi 15 0 2 0 0 0 17 0
Greenock Morton 2011—2012 Shotlandiya Birinchi diviziyasi 27 0 3 0 0 0 1 0 31 0
Dumbarton 2012—2013 Shotlandiya Birinchi diviziyasi 30 2 2 1 2 0 1 0 35 3
2013—2014 Shotlandiya chempionati 36 2 4 0 2 0 1 0 43 2
2014—2015 34 2 1 0 2 1 1 0 38 3
2015—2016 2 0 0 0 1 0 1 0 4 0
Jami 102 6 7 1 7 1 4 0 120 8
Ayr United 2015—2016 Shotlandiya Birinchi ligasi 25 2 1 0 0 0 2 0 28 2
Alloa Athletic 2016—2017 Shotlandiya Birinchi ligasi 34 4 2 0 6 1 6 0 48 5
2017—2018 33 3 2 0 4 0 6 0 45 3
2018—2019 Shotlandiya chempionati 36 3 2 0 4 0 4 0 46 3
2019—2020 17 0 1 0 4 0 2 0 24 0
2020—2021 25 1 1 0 4 0 30 1
Jami 145 11 8 0 22 1 18 0 193 12
Jami 447 29 32 1 37 3 32 1 547 34

Manbalar tahrir

  1. „Andy Graham“ (inglizcha). alloaathletic.co.uk. Alloa Athletic F.C.. Qaraldi: 25-oktabr 2020-yil.
  2. RedWeb — Stirling Albions longest running unofficial website, player profile
  3. „Soccerbase Player Stats“. 2007-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-sentabr 2007-yil.
  4. „Hamilton sign Stirling's Graham“. BBC Sport (18-iyun 2010-yil). Qaraldi: 18-iyun 2010-yil.
  5. Tait, Chris. „Ton agree deals in double swoop“. Greenock Telegraph (18-may 2011-yil). Qaraldi: 20-may 2011-yil.
  6. „Andy Graham checks in“. Dumbarton F.C. (7-iyun 2012-yil). 2-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2012-yil.
  7. Findlay. „CAPTAIN COURAGEOUS SIGNS“. Dumbarton F.C. (16-may 2014-yil).
  8. „Dumbarton Terrace on Twitter: "That run of appearances by Andy took in EIGHTY THREE consecutive games in league and national cup competitions."“. twitter.com. 2015-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
  9. Findlay. „THREE PLAYERS AGREE TERMS“. Dumbarton F.C. (16-may 2015-yil).
  10. Findlay. „SIGNING NEWS: CAPTAIN EXTENDS HIS DFC STAY“. Dumbarton F.C. (4-iyun 2015-yil).
  11. Findlay. „ANDY CALLS TIME ON SONS CAREER“. Dumbarton F.C. (22-avgust 2015-yil).
  12. „Andy Graham signs“. Ayr United F.C. (7-avgust 2015-yil). 2021-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2015-yil.
  13. „Players released“. Ayr United F.C. (28-may 2016-yil). 2021-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may 2016-yil.
  14. „Graham moves from Ayr to Alloa“. SPFL (3-iyun 2016-yil). Qaraldi: 23-iyul 2019-yil.