Andy Ryan (talaffuzi: Endi Rayan) (1994-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Andy Ryan „Hamilton Academical“ futbol klubi jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Andy Ryan oʻz faoliyatini "Hamilton Academical' futbol klubining yoshlar jamoasida boshlagan edi. Keyinchalik Andy Ryan „Forfar Athletic“, „Airdrieonians“, „Dunfermline Athletic“, „Stirling Albion“, „Brechin City“ va „Arbroath“ futbol klublarida oʻynadi.

Andy Ryan
Ryan, 2018-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 29-sentyabr 1994-yil (1994-09-29) (29 yosh)
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Hamilton Academical
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Hamilton Academical
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2015 Hamilton Academical 74 (8)
2013Brechin City (ijara) 4 (1)
2015Arbroath (ijara) 10 (3)
2015—2016 Arbroath (ijara) 3 (1)
2016 Forfar Athletic 16 (9)
2016—2017 Airdrieonians 34 (24)
2017—2020 Dunfermline Athletic 45 (8)
2020Airdrieonians (ijara) 7 (2)
2020—2021 Stirling Albion 19 (10)
2021 Hamilton Academical 38 (13)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 30-oktyabr uchun)

Faoliyati tahrir

Andy Ryan 2011-yil 23-iyul kuni Shotlandiya challenge kuboki doirasidagi yarim final oʻyinida[1] „Hamilton Academical“ futbol klubi jamoasi safida debyut qildi[2].

Andy Ryan 2012-yil fevral oyida SFLda oyning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi[3]. Shundan soʻng 2012-yil mart oyida Andy Ryan klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi[4].

2013-yil 18-oktyabrda Andy Ryan „Brechin City“ futbol klubi bilan bir oylik ijara shartnomasini imzoladi[5]. „Hamilton“ klubiga qaytganidan soʻng, Andy Ryan klubdagi imkoniyatlari cheklanganligini tan oldi, lekin u hali ham u yerda oʻynashdan mamnun edi[6]. 2015-yilning aprel oyida Andy Ryan klub bilan 2016-yilning yozigacha yangi shartnoma imzoladi[7]. 2015-yilning 13-avgustida Andy Ryan „Arbroath“ futbol klubi safiga uch oylik ijara asosida qoʻshildi[8]. Andy Ryan 2015-yil dekabrida oʻzaro kelishuvga koʻra „Hamilton“ futbol klubini tark etdi[9].

„Hamilton“ futbol klubini tark etganidan soʻng, Andy Ryan 2016-yilning yanvarida „Forfar Athletic“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi.

Andy Ryan 2016-yil may oyida „Airdrieonians“ futbol klubi safiga qoʻshilishga rozilik bildirdi[10].

„Airdrieonians“ futbol klubi bilan muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng, Andy Ryan 2017-yil 15-avgustda Shotlandiya chempionati vakili „Dunfermline Athletic“ futbol klubi jamoasi bilan oshkor etilmagan toʻlov evaziga shartnoma imzoladi[11]. 2020-yil yanvar oyida Andy Ryan „Airdrieonians“ futbol klubi safiga ijara asosida qaytib keldi[12]. Andy Ryan klub safida 7 ta oʻyinda maydonga tushib, ikki marta gol urishga muvaffaq boʻldi. 2020-yil may oyida Andy Ryan „Dunfermline“ futbol klubi bilan imzolagan shartnoma muddati nihoyasiga yetgach, klubni tark etdi[13].

„Dunfermline“ klubini tark etganidan koʻp oʻtmay, Andy Ryan Shotlandiya Ikkinchi ligasi vakili „Stirling Albion“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[14]. „Stirling“ klubidagi muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng, Andy Ryan 2021-yil 28-iyunda oʻzining birinchi klubi „Hamilton Academical“ jamoasiga qaytib, ikki yillik shartnoma imzoladi[15].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Shotlandiya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Hamilton Academical 2011—2012 Shotlandiya Birinchi divizioni 21 4 2 0 0 0 2 0 25 4
2012—2013 27 2 3 1 3 0 1 0 34 3
2013—2014 Shotlandiya chempionati 19 2 0 0 2 0 4 0 25 2
2014—2015 Shotlandiya Premer-ligasi 7 0 0 0 2 0 0 0 9 0
2015—2016 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 74 8 5 1 7 0 7 0 93 9
Brechin City (ijara) 2013—2014 Shotlandiya Birinchi ligasi 4 1 0 0 0 0 0 0 4 1
Arbroath (ijara) 2015—2016 Shotlandiya Ikkinchi ligasi 10 3 0 0 0 0 0 0 10 3
Arbroath 3 1 0 0 0 0 0 0 3 1
Jami 13 4 0 0 0 0 0 0 13 4
Forfar Athletic 2015—2016 Shotlandiya Birinchi ligasi 16 9 0 0 0 0 0 0 16 9
Airdrieonians 2016—2017[16] 32 23 1 1 4 1 4 2 41 27
2017—2018[17] 2 1 0 0 4 1 0 0 6 2
Jami 34 24 1 1 8 2 4 2 47 29
Dunfermline Athletic 2017—2018[17] Shotlandiya chempionati 19 4 1 1 0 0 4 3 24 8
2018—2019[18] 13 2 0 0 5 3 2 0 20 5
2019—2020[19] 13 2 1 0 4 1 1 0 19 3
Jami 45 8 2 1 9 4 7 3 63 16
Airdrieonians (ijara) 2019—2020[19] Shotlandiya Birinchi ligasi 7 2 0 0 0 0 0 0 7 2
Stirling Albion 2020—2021[20] Shotlandiya Ikkinchi ligasi 19 10 3 1 0 0 0 0 22 11
Hamilton Academical 2021—2022[21] Shotlandiya chempionati 32 9 1 0 1 0 3 2 37 11
2022—2023[22] 6 4 0 0 4 2 0 0 10 6
Jami 38 13 1 0 5 2 3 2 47 17
Umumiy 250 79 12 4 29 8 21 7 313 98

Manbalar tahrir

  1. „Hamilton Academical 1-0 Livingston“. BBC Sport (9-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 16-oktabr 2011-yil.
  2. „Morton 0-2 Hamilton Accies“. BBC Sport (15-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 16-oktabr 2011-yil.
  3. „Andy Ryan Wins“. Hamilton Academical F.C.. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Ryan and Kirkpatrick Sign Extensions“. Hamilton Academical F.C.. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Hoey. „Brechin City - Rangers Preview“. brechincity.com (2013-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 4-noyabr 2013-yil.
  6. Andy McGilvray. „Striker Andy Ryan admits chances at Hamilton have been limited this season, but feels lucky“. Daily Record (25-aprel 2014-yil). Qaraldi: 13-may 2014-yil.
  7. „Hamilton Academical: Six players sign new deals at Hamilton“ (15-aprel 2015-yil). Qaraldi: 15-aprel 2015-yil.
  8. „Ryan & Ramsay join Arbroath on loan“. Scottish Professional Football League (13-avgust 2015-yil). 2015-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2015-yil.
  9. FC. „Andy Ryan, Darren Hill and Chris Turner have terminated their contracts by mutual consent. best wishes for the future and heartfelt thanks“ (7-dekabr 2015-yil).
  10. „Ryan agrees deal with Airdrieonians“. SPFL (19-may 2016-yil). 2017-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2016-yil.
  11. „Andy Ryan signs“. Dunfermline Athletic FC (15-avgust 2017-yil). Qaraldi: 15-avgust 2017-yil.
  12. „Andy Ryan leaves Pars to join Airdrie on loan“. Dunfermline Press.
  13. „Dunfermline release 17 players to 'protect future of club'“. BBC Sport. BBC (22-may 2020-yil). Qaraldi: 19-iyun 2020-yil.
  14. „Andy Ryan is our first new signing“. Stirling Albion FC (19-iyun 2020-yil). Qaraldi: 19-iyun 2020-yil.
  15. „Andy Ryan returns to New Douglas Park“. Hamilton Academical FC (28-iyun 2021-yil). 2021-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyun 2021-yil.
  16. „Games played by Andy Ryan in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 15-avgust 2017-yil.
  17. 17,0 17,1 „Games played by Andy Ryan in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 15-avgust 2017-yil.
  18. „Games played by Andy Ryan in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 4-avgust 2018-yil.
  19. 19,0 19,1 „Games played by Andy Ryan in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 30-may 2019-yil.
  20. „Games played by Andy Ryan in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 19-iyun 2020-yil.
  21. „Games played by Andy Ryan in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 28-iyun 2021-yil.
  22. „Games played by Andy Ryan in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-iyul 2022-yil.