Anesteziologiya
Anesteziologiya — klinik tibbiyot sohasi, jarrohlikda organizmni ogʻriqsizlantirish, operatsiya vaqtida uning muhim hayotiy funksiyalarini boshqarish masalalarini oʻrganadi. Anesteziologiya mustaqil fan sifatida bundan bir necha oʻn yil ilgari shakllandi. Oʻzbekistonda anesteziologiya xizmati bekamu koʻst yoʻlga qoʻyilgan; yirik shifoxonalarda maxsus anesteziologiya boʻlimlari bor. Anesteziologiya kafedralarida anesteziolog mutaxassislar tayyorlanadi va ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |