Angar (frans. hangar) — samolyot va vertolyotlar turadigan, ularga texnik xizmat koʻrsatiladigan va taʼmirla-nadigan inshoot. Vazifasiga koʻra, A.-ustaxona, muqim (statsionar), muvaqqat-muqim va yigʻma-qismlarga ajratma xillarga boʻlinadi. Muqim A.lar metall va temir-betondan, muvaqqat-muqim A.lar yogʻoch-taxtadan, yigʻma-qismlarga ajratma A. esa poʻlat yoki yengil qotishmalardan yasaladi. A.ning shakli va katta-kichi-kligi samolyot va vertolyotlar soni va oʻlchamlariga bogʻliq boʻladi. A. koʻtarish-tashish, aloqa, signal, avtomatik oʻt oʻchirish vositalari bilan jihozlanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil