Angela Bettis

amerikalik aktrisa

Angela Marie Bettis (1973-yil 9-yanvarda tugʻilgan)[1][2] — amerikalik aktrisa, produser va rejissor. Girl, Interrupted (1999) dramatik filmidagi Janet Webber rolidan soʻng u „Carrie“ (2002) televizion filmidagi Carrietta White va „May“ (2002) psixologik qoʻrqinchli filmidagi bosh qahramon obrazlari bilan mashhurlikka erishadi. May filmi uchun aktrisa eng yaxshi ayol roli uchun Brussels xalqaro festivali mukofotini, Kataloniya xalqaro kinofestivalining eng yaxshi ayol roli uchun mukofotini va eng yaxshi aktrisa nominatsiyada Fangoria Chainsaw mukofotini qoʻlga kiritgan. U The Woman (2011) qoʻrqinchli filmida Belle Cleek rolini, „12 Hour Shift“ (2020)nomli qora yumorga boy filmda Mendy rolini oʻynagan. 12 Hour Shift u dahshatli filmdagi eng yaxshi aktrisa uchun tanqidchilar tanlovi mukofotiga nomzod boʻlgan.

Angela Bettis
Angela Marie Bettis
Fayl:Angela Bettis.jpg
Tavalludi 9-yanvar 1973-yil (1973-01-09) (51 yosh)
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1993—hozirgacha

Kinodagi faoliyatidan tashqari, Bettis Broadway teatrida ikkita spektaklda ham rol oʻynagan. 1996-yilda Frank Langella bilan "The Father" va 2002-yilda Liam Neeson va Laura Linney bilan birga Arthur Millerning „The Crucible“ filmining premyerasida Abigail Williams rolida koʻrinish bergan.

Hayoti va faoliyati tahrir

Uning debyut roli 18 yoshida Franco Zeffirelli tomonidan suratga olingan „Sparrow“ romantik tragediyasidagi bosh rolni ijro etgan. Keyinchalik u "The Last Best Sunday" deb nomlangan filmda rol oʻynaydi. Undan oldin „Girl, Interrupted“ filmida Winona Ryder va „Bless the Child“ filmida Kim Basingerni qoʻllab-quvvatlaydi.

Bettis Brian De Palmaning 1976-yilgi klassik asarining televidenie uchun remeyki boʻlgan Carrie filmida Carrietta White rolini oʻynaydi. Ushbu roli orqali aktrisa maqtovga sazovor boʻladi. New York Post muxbiri Linda Stasi uning oʻyinidan hayratda qoladi va Bettis oʻzining aktyorligi uchun Emmy olishi kerakligini aytiladi[3]. The New York Times gazetasi uchun yozgan Ron Wertheimer Bettis qahramonning his-tuygʻularini yaxshi ifodalaganini aytadi va film „Bettis xonimga bunday haqiqiy aktyorlik uchun juda kam imkoniyatlarni taqdim etayotganidan“ afsusda ekanligini taʼkidlaydi[4].

U 1970-yillardagi noaniq dahshatli filmning faqat nomi uchun remeyk boʻlgan Tobe Hooperning Toolbox Murders sarlavhasi bilan chiqadi.

U, shuningdek, jinoiy triller Scar filmida ham rol oʻynagan[5]. U Dexter serialining beshinchi mavsumi telekoʻrsatuvida Jordan Chasening birinchi qurboni Emily Birch rolida mehmon rolini oʻynagan[6].

Filmografiyasi tahrir

Filmlarda
Yil Sarlavha Rol Izohlar
1993 Sparrow Maria Asl sarlavha: Storia di una capinera
1999 The Last Best Sunday Lolly Ann Summers
1999 Girl, Interrupted Janet Webber
2000 Bless the Child Jenna OʻConnor
2001 Perfume Wilemina
2001 Vallen Caitlin
2002 People Are Dead Angela the Broadway actress Shuningdek, produser
2002 May May Dove Canady
2002 Coastlines Effie Bender
2003 Hollywould Holly Qisqa metrajli film, shuningdek, produser
2004 Toolbox Murders Nell Barrows
2004 Love Rome Mary
2005 The Circle Jay
2005 Last Days of America America the Woman Qisqa metrajli film, shuningdek, produser
2006 The Woods Voice in the Woods Dublaj
2006 Roman Elixer Bluff Acting Troup Shuningdek, rejissor
2007 When Is Tomorrow Rachel Shuningdek, produser
2007 Scar Joan Burrows
2008 Wicked Lake The Mother
2008 Blue Like You Red Qisqa metrajli film
2010 Drones Amy
2010 All My Friends Are Funeral Singers Zel
2010 My Alien Mother Mother Shuningdek, produser
2011 The Woman Belle Cleek
2011 Legs Jen Shuningdek, produser
2012 Sinister Fran Sahnalar oʻchirilgan
2017 Our Little Secret Toni
2020 12 Hour Shift Mandy
2021 Ghosts of the Ozarks Lucille
2021 The Weird Kidz Duana
Televizion rollari
Yil Sarlavha Rol Izohlar
1998 Touched by an Angel Laura Epizod: „Beautiful Dreamer“
1998 Legacy Jenna Epizod: „Brother Love“
1999 Sliders Jill Epizod: „New Gods for Old“
2001 The Flamingo Rising Alice King Televizion film
2001 The Ponder Heart Bonnie Dee Peacock Televizion film
2002 Carrie Carrie White Televizion film
2006 Masters of Horror Ida Teeter Epizod: „Sick Girl“
2009 House Susan Epizod: „Broken“
2010 Dexter Emily Birch Epizodlar: „Hop a Freighter“, „In the Beginning“
2010-2011 CSI: Crime Scene Investigation Rosalind Johnson Epizodlar: „Fracked“, „Turn On, Tune In, Drop Dead“
2013 Criminal Minds Tess Mynock Epizod: „Alchemy“
2013 Twisted Tales Lidia Segment: „Shockwave“
2015 Dig Fay Miniserial
2017 Arkansas Traveler Myrtle
Produser sifatida
Yil Sarlavha Izohlar
2001 Lovindapocalypse Hujjatli film
2002 People Are Dead Shuningdek, aktrisa
2002 Lovindapocalypse 2 Hujjatli film
2003 Hollywould Qisqa metrajli film, Shuningdek, aktrisa
2003 Lovindapocalypse 3 Hujjatli film
2005 Last Days of America Qisqa metrajli film, Shuningdek, aktrisa
2007 When Is Tomorrow Shuningdek, aktrisa
2011 Legs Shuningdek, aktrisa
Rejissor sifatida
Yil Sarlavha Izohlar
2006 Roman Shuningdek, aktrisa
2012 The ABCs of Death Segment: „E Is for Exterminate“

Manbalar tahrir

  1. „Angela Bettis“. Rotten Tomatoes. 5-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2019-yil.
  2. Kothmann, David. The Kothmanns of Texas, 1845-1991. Anchor Publishing Company, 1995 — 711 bet. ISBN 978-0-943-63922-2. 
  3. „SLASH AND 'CARRIE' : 3 ½ STARS FOR REMAKE OF KILLER CLASSIC“ (inglizcha). New York Post (4-noyabr 2002-yil). Qaraldi: 13-aprel 2022-yil.
  4. Wertheimer, Ron. „TELEVISION REVIEW; It's Not Nice to Make Fun of Carrie, Remember?“ (inglizcha). The New York Times (4-noyabr 2002-yil). Qaraldi: 13-aprel 2022-yil.
  5. Lucky McKee and Angela Bettis Reteam on Jack Ketchum’s Offspring: The Woman
  6. „Julia Stiles: There's Something "Oddly Romantic" About Dexter and Lumen“. TV Guide. Qaraldi: 30-sentabr 2017-yil.

Havolalar tahrir