Angidon
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Angidon. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Angidon“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • qaydlar • oʻchirish |
Angidon – Xatirchining „Kichik shveysariyasi“
tahrir„Angidon“ soʻzi suv ustida ushlab turuvchi moslama maʼnosini anglatadi. Aytishlaricha, Nuh kemasi Langar togʻi choʻqqisiga langar tashlagan. Shuning uchun bu yer „Angidon“, deb ataladi. Angidon qishlogʻi Xatirchi tumani markazidan 50-60km masofada joylashgan. Angidon Navoiy viloyatida turizmni rivojlantirshda katta imkoniyatga ega boʻlgan qishloq hisoblanadi. Qishloq tabiati xilma-xil va rang-barang togʻ va adirlardan iborat boʻlib, u yerda koʻplab soy va buloqlar mavjud. Qishloq doimo yam-yashil boʻlib, bogʻlarida turli xil mevalar, ayniqsa bodomzorlar tashrif buyuruvchi sayyohlarni oʻziga jalb etadi.[1]
Qishloqni turizm qishlogʻiga aylantirish bugungi kunning davr talabidir. Aholining asosiy mashgʻuloti chorvachilik, parrandachilik, bog’dorchilik va hunarmandchilikdir. Qishloq oʻzining echki sutidan tayyorlangan qurtlari va bodom yogʻilari bilan mashhurdir. Mazkur qishloqda ekoturizm, gastronomik turizm hamda etnografik turizmni rivojlantirishda katta imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, gastronomik turizm uchun moʻljallangan xonadonlarda milliy taomlarni xususan, tandirlarda non va yogʻli patirlarni, echki sutidan tayyorlangan sariyogʻ va qurtlarning tayyorlanish jarayonlarini xorijiy sayyohlarga namoyish etish mumkin.
Shuningdek, hunarmandchilik ustaxonalarida toʻqimachilikni – tabiiy junlardan ip yigirish, ularni turli xil ranglarga boʻyash, xilma-xil gilamlarni toʻqish jarayonlarini xorijiy sayyohlarga namoyon etish, hattoki, ularni mazkur jarayonlarda bevosita ishtirok etishlarini taʼminlash imkoniyati ham mavjud.
Koʻchar archa (Angidondagi ming yillik archa)
tahrirXatirchi tumani Angidon mahallasidagi Shaldiroq qishlogʻi xushmanzara tabiati, maftunkor bogʻlari boshqa hududlardan oʻziga xosligi bilan ajralib turadi.
Shaldiroq qishlogʻida joylashgan oʻlkan archa daraxti oʻzining goʻzalligi bilan nom qozongan. Mazkur tabiat moʻjizasini oʻz koʻzi bilan koʻrgani kelayotgan mahalliy sayyohlar oqimi kun sayin koʻpaymoqda.[2]
Archa tanasining diametri taxminan 12 metr, balandligi esa 20 metr. Oʻzbekistondagi eng yirik ignabargli daraxtlardan biri boʻlgan mazkur archaning yoshi hozirgacha aniqlanmagan.
Mahalliy aholining aytishicha, archaning yerga qadalganiga taxminan ming yildan koʻp vaqtboʻlgan. Ziyoratchilar tomonidan „Avliyo archa“ deb eʼtiqod qilinadi.
Shu yerlik fuqaro Normamat otaning aytishicha har yili 19 martdan 24-25 martgacha archadan changdek (tutundek) narsa (ajralib chiqadi) namoyon boʻlar ekan va atrofga juda muattar hid taralar ekan.
Manbalar
tahrir- ↑ Xatirchi tumanidagi „Angidon“ turizm qishlogʻiga aylanmoqda Navoiy viloyati, Xatirchi tumani
- ↑ Xatirchi tumanidagi „Angidon“ turizm qishlogʻiga aylanmoqda Navoiy viloyati, Xatirchi tumani
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |