Anglezit — sulfatlar sinfiga mansub mineral. Qattiqligi 3-3,5. S.ogʻ. qariyb — 6,4. Juda moʻrt. Rang-siz, och rangli, sargʻish, kulrang va yashil, baʼzan koʻk tovlanuvchi kristall, do-nador massa. Olmos yoki yogʻ kabi yalti-raydi. A.- qoʻrgʻoshinli ruda. Asosan gipergen, gidrotermal yoʻl bilan hosil boʻlgan. Ol-toyda, Oʻrta Uralda, Sharqiy Zabaykaleda, Zakarpateda konlari bor. Oʻzbekistonda Chatqol-Qurama togʻlaridagi polimetall konlarida keng tapqalgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil