Angliya-Fransiya-Isroilning Misrga qarshi agressiyasi
Angliya-Fransiya-Isroilning Misrga qarshi agressiyasi (1956) — Suvaysh kanalini bosib olish maqsadida uyushtirilgan bosqinchilik. 29-oktabrda Isroil qoʻshinlari Misr hududiga bostirib kirdi; 31-oktabrda ingliz va fransuz kurolli kuchlari Misrni bombardimon qildi va 5-noyabrda Port Sayd atrofiga qoʻshin tushirdi. Sobiq SSSR, AQSH va BMT tomonidan koʻrilgan ogohlantiruvchi chora-tadbirlar Buyuk Britaniya va Fransiyani 1956-yil dekabrda, Isroilni esa 1957-yil martda oʻz qoʻshinlarini Misrdan olib chiqib ketishga majbur qildi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |