Angliya-Germaniya deklaratsiyasi
Angliya-Germaniya deklaratsiyasi — Angliya bilan Germaniyaning bir-birlariga hujum qilmasligi toʻgʻrisidagi shartnoma. Uni Angliya bosh ministri N. Chemberlen bilan Germaniya fashistlar hukumatining boshligʻi A. Gitler 1938-yil 30-sentabrda, 1938-yil Myunxen bitimidan keyin imzolagan. Angliya-Germaniya deklaratsiyasi Germaniya mavqeini ancha kuchaytirib, Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga yoʻl ochib berdi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |