Angliya-Misr shartnomasi
Angliya-misr shartnomasi (1936-yil) — doʻstlik va ittifoq toʻgʻrisidagi shartnoma. Mazkur shartnoma Misrning ichki va tashqi ishlardagi mustaqilligini birmuncha kengaytirib, Buyuk Britaniyaning Misrdagi asosiy mavqeini saqlab qoldi. 1951-yilda Misr tomonidan bekor qilindi. Buyuk Britaniya shartnoma bekor etilganini 1954-yilda tan oldi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |