Angstrem — uzunlik birligi; santimetrning yuz milliondan bir boʻlagiga, yaʼni 10-8 sm ga teng. Å (1 Å = 10-10 m) bilan belgilanadi. Optika, atom fizikasi, qattiq jismlar fizikasi va boshqalarda qoʻllanadi. Mas, kristall panjara doimiysi, rentgen nurining toʻlqin uzunligi, atom oʻlchamlari va boshqa A. bilan ifodalanadi. 1868-yil shved fizigi A. Y. Angstrem tomonidan qoʻllanilganligi uchun uning nomi bilan ataladi. SI sistemasida angstremga yaqin birlik nanometr hisoblanadi: 1 nm = 10 Å

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil