Anizotrop materiallar- xossalari (mexanik, optik, magnit va boshqalar) turli yoʻnalishda bir xil boʻlmaydigan materiallar. Anizotrop materiallarga monokristallar, kristallar, armaturalangan plastiklar, grafit, poʻlat va qotishmalarning za-gotovkalari (prokat, shtampov-kalar), tolali materiallar va boshqa kiradi. Tarki-bi toʻldirgich (metall tolalar, ipsimon kristallar) va bogʻlovchi materiallar (polimerlar va metallar) birikmasidan iborat kompozitsion materiallar katta ahamiyatga ega. Anizotrop materiallar mashinasozlikda mustahkamligi yuqori boʻlgan detal va konstruksiyalar, transformatorlar, gaz turbinasi kuraklari tayyorlashda ishla-tiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil