Anjelika Akbar – kelib chiqishi oʻzbek boʻlgan turk bastakori[1].

Anjelika Akbar
Tavalludi 1969
Kasbi 1987
Ijod qilgan tillari Turk tili
Fuqaroligi Turkiya

Hayoti va ijodi

tahrir

Anjelika Akbar 1969-yili Qaragʻandi shahrida tugʻilgan. 2,5 yoshidan boshlab fortepianoda musiqa chalishni oʻrgana boshlagan[2]. 4 yoshida otasi qizini musiqaga boʻlgan qobiliyatini sezib Moskva Davlat konservatoriyasi qoshidagi musiqa maktabiga berdi. Anjelika Toshkent shahrida isteʼdodli bolalar maktabida professor Aleksey Sultonov, Stanislav Lyudenichlar qoʻli ostida taʼlim oldi. Maktabni bitirgach Toshkent Davlat koservatoriyasiga oʻqishga kirdi. U yerda kompozitsiya, orkestrlash va fortepianoda oʻynashni oʻrgandi va shu bilan birgalikda oliy maʼlumotli boʻldi. SSRI kompozitorlar birlashmasi uni „Yosh kompozitor“ deb tanlashdi. 2006-yildan boshlab Ukraina kompozitorlar birlashmasiga aʼzo. Ukrainada xizmat koʻrsatgan atrist unvoniga ega. Anjelika, kompozitsiya va drijerlikni Turkiyaga UNESCO aʼzosi sifatida borganda magistrlikni yoqladi va u yerda doimiy yashab qoldi, fuqarolikni oldi. U yerda dissertatsiya yoqladi va dotsentlik darajasini oldi. Uning birinchi albomi „Suv“ deb nomlanadi, 1999-yilda yozilgan. 2003-yildan boshlab Ali Darmar bilan birga ijod qiladi. U koʻplagan mukofotlar sovrindori.

Anjelika oilali, ikki oʻgʻilning onasi.

Ijod namunalari

tahrir
  • Suv (Vodi) – 1999 g.
  • Birʼden birʼe – 2002
  • Vivaldi – fasl —2002
  • Bach A L’orientale – 2003
  • Bir Yudum Su – 2005
  • Raindrops By Anjelika – 2009
  • İçimdeki Türkiyem – 2010
  • Likafoni – 2011.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir