Cholgʻulashtirish

(Orkestrlashdan yoʻnaltirildi)

Cholgʻulashtirish — musiqiy ijod turi bo'lib, musiqa asarini muayyan cholgʻu ansambl yoki orkestr (orkestrlash) tarkibi va ijrosiga moʻljallab moslashtirishdir. Cholg'ulashtirish jarayonida kompozitor cholgʻular xususiyati va ifodaviy imkoniyatlari, shuningdek, asarning badiiy mazmunidan kelib chiqqan holda ovoz yoʻllarining qaysi sozda ijro etilishini belgilaydi. Cholg'ulashtirish yangi asarni ijod etish paytida hamda mavjud asarni boshqa musiqa jamoasi ijrosiga moslashtirish (aranjirovka) jarayonida namoyon boʻladi. Cholg'ulashtirish maxsus musiqa oʻquv yurtlarida ixtisoslashgan fan sifatida oʻqitiladi.

Manbalar

tahrir