Aranjirovka (frans. arranger -tartibga solish) — 1) musiqa asarini aslida nazarda tutilmagan oʻzga cholgʻu asbobi (yoki asboblar), xonanda (yoki xo-nandalar) ovoziga moslash; mas, operani fortepiano joʻrligida ijro etish, or-kestr uchun moʻljallangan asar (simfo-niya)ni bir yoki bir necha fortepiano uchun A. qilish va hokazo Muallif moʻljallagan musiqa asbobining oʻzida asar ijrosini osonlashtirishi ham A. deyiladi; 2) jaz yoki estradada — bevosita ijro jarayo-nida kiritiladigan va ijroning uslubi bilan bogliq turli (garmonik, fakturali) oʻzgarishlar; 3) oʻzbek xalq ijrochiligida keng oʻrin olgan ashula yoʻllarini cholgʻu kuylar sifatida ijro etish (mas, Surnap yoʻllari) va cholgʻu kuylarini ashulalash-tirish („Munojot“, „Choʻli Iroq“, „Na-srulloyi“ ashula yoʻllari kabi) jarayoni A.ga yaqin.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil