Anjir (Ficus carica L.) – tutdoshlar (anjirgullilar) oilasiga mansub subtropik meva turi. Turkiya, Jazoir, Yevropaning janubida, AQShda katta may-donlarni egallaydi, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Qrimda ham yetishtiriladi. Yovvoyi holda Oʻrta dengiz boʻyi, Kichik Osiyo, Eron, Shimoli-gʻarbiy Hindistonda oʻsadi. A. juda qadimdan madaniylashtirilgan oʻsimlik hisoblanadi (Osiyoda 5 ming yildan, Yevropada kamida 2 ming yildan beri). Botanik tavsifi. A. daraxtining boʻyi 4 – 10 m, shoxlari kalin, yoyilib oʻsadi, novda, barg va mevasida sutsimon shira bor. Bargi yirik, 3 – 7 boʻlmali, ba’zan boʻlmasiz, toʻq yashil, orqasida tu-klari bor. Bir yilda 2 – 3-marta gul-laydi (aprel – may, iyun – iyul, avgust). Mayda bir jinsli gullardan iborat toʻpguli boʻlajak "meva" ichida boʻlib, mayda blastofaga arilar yordamida chan-glanadi, ba’zilari esa changlanmasdan (partenogenez) va urugʻ tugmasdan meva qiladi. Mevasida 20 – 24% qand, 0,5 – 4,2% pektin moddalari, 3,4 – 7,4% kle-chatka, 0,1% gacha organik kislotalar, ka-rotin, kalsiy, temir, fosfor va boshqa bor.Biologik xususiyatlari. A. asosan bir yillik pishgan novda qalamchalaridan koʻpaytiriladi. 2 – 3 yoshdan meva tugib, 7 – 10 yoshda gʻarq hosilga kiradi, 50 – 80 yil meva beradi, 150 – 200 yilgacha yashaydi. Bir tupi 50 kg gacha meva qiladi. A. bir mavsumda ikki marta hosil be-radi. Birinchi hosil (xoki anjir) ancha kam boʻlib iyun – iyul oylarida, ik-kinchisi (asosiy) hosil sentabr oyida pi-shadi. Xoʻjalik ahamiyati. Hoʻlligicha yoki qoqi hamda konserva holida iste’-mol qilinadi, jem, murabbo tayyorlanadi. Xalq amaliyotida A. bargi uzum va mevalarni quritishda ishqor sifatida, "suti" teri kasalliklarini (kal, soʻgal, 522temiratki), chayon va ari chaqqan joylarni davolashda ishlatiladi. Agrotexnikasi. A. toʻplari sovuqqa chidamsiz boʻlganidan Oʻzbekiston sharoitida qishda koʻmilib, bahorda ochiladi. A. namga ancha talabchan, yengil va serunum tuproqda yaxshi oʻsadi. Shoʻrlangan yoki shagʻalli tuproqlarda deyarli oʻsmaydi. A. tupiga 3 – 4 ta aso-siy tanali buta koʻrinishida shakl be-riladi. Yozda bir-ikki marta shu yili chiqqan qalinlashtiruvchi novdalar, gʻovlagan novdalar, qurigan shoxlar ke-sib tashlanadi. Anjirzor bogʻlar vege-tatsiya davrida 9–10-marta sugʻoriladi. Oʻzbekistonda kadeta, sariq anjir, qora anjir, chapla va boshqa navlari koʻp ekiladi. Navlari. Kadota. Mevasi oʻrtacha (35 – 40 g), dumaloq-nok shaklida, sargʻish, sal tilimli. Eti och sariq, jigarrang tovlanadi, yumshoq, shirin. Tupi 45 – 50 kg hosil beradi. 30% qoqi tushadi, qoqi tarkibida 71 – 72% qand boʻladi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlari uchun rayonlashtirilgan. Sariq A. Jaydari nav. Mevasi yirik (50 – 60 g), sariq, yassi, sal tilimli. Eti sersuv, yumshoq, shirin. 25% qoqi tushadi, qoqining tarkibida 63 – 70% qand boʻladi. Tupi 40 – 50 kg hosil beradi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida tarqalgan boʻlib, anjir-zorning 80 – 90% ini tashkil etadi. Qora A. Mevasi oʻrtacha (35 – 45 g), nok shaklida, toʻq binafsha rangda, tilimli. Eti sargʻish, yumshoq, shirin. Tupi 40 – 50 kg hosil beradi. 30 – 35% qoqi tushadi, qoqi tarkibida 70 – 72% qand boʻladi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlari uchun rayonlashtirilgan. Chapla. Mevasi oʻrtacha (35 – 45 g), dumaloq-nok sha-klida, och jigarrang, sal tilimli, siy-rak tuk bilan qoplangan. Eti yumshoq, shi-rin, ichi havol. 28 – 30% qoqi tushadi, qoqi tarkibida 70 – 75% qand boʻladi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.Ad.:Ribakov A. A.,Ostrouxova S. A., Oʻzbekiston mevachiligi, T., 1967.Rixsivoy Joʻrayev.

Anjir

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil