Anju — Fransiyaning shimoli-gʻarbidagi tarixiy viloyat, quyi Luara havzasida. Bosh shahri — Anje. Hozirgi A.ning aksariyat qismi Men va Luara departamentlari tarkibiga kiradi. A. 9-asrdan — graflik (markazi Anje shahri). 11-asr oʻrtalaridan A.ga Turen va 1126-yil Men qoʻshib olingan. 1154-yil A. grafi Angliya qiroli (Genrix II Plantagenet) boʻlgan, A. esa inglizlarning Fransi-yadagi mulklarining tarkibiy qismiga aylangan. 1202 — 04 yillarda A. hududi fransuzlar tomonidan qaytarib olin-gan (bu 1259-yilgi Parij bitimi bilan tasdiqlangan). 1360-yildan A. — gerso-glik. 1481-yil Lyudovik XI A.ni merosiy qirol mulkiga qoʻshib olgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil