Anka tura
Anka tura (14-asr) — Jeta (Moʻgʻuliston) xonlari Tugʻluq Temur va Ilyoshoʻjalardan soʻng Jetada yuz bergan parokandalikda taxt talab boʻlib siyosiy sahnaga chiqqan xonzodalar va amirlardan biri. 1388-yil bahorida Amir Temur Xo-razmda ekanligidan foydalanib, avvalgi bitimlarga xilof ravishda Oʻzgan tara-fidan Andijonga hujum qiladi. Lekin Umarshayx Mirzoaai zarba olib, Oloy togʻlariga chekingan. A. T.ning bu xuru-ji Amir Temurning 1389, 1390-yillarda Jeta tomon ikki marta yurishiga sabab boʻlgan. Bu yurishlar natijasida harbiy va iqtisodiy qudrati sindirilgan Jeta Amir Temur mulkiga qoʻshib olingan. A. T. Oltoy tomonga chekinib, domdaraksiz yoʻqolgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |