Ankiloz (yun. ankilos — buqilgan) -boʻgʻimning bukilmaydigan va yozilmaydigan boʻlib, qimirlamay qotib qolishi. Bunga suyaklar boʻgʻim yuzasining jarohatlanishi va parchalanib sinishi, boʻgʻim hosil qiladigan togʻay yuzasining yalligʻlanishi yoki shikastlanganda boʻgʻimni uzoq vaqt qimirlatmay qoʻyib davolash, jarroxlik usuli bilan boʻgʻimni qotirib qoʻyish sabab boʻladi. Boʻgʻimdan tashqari, boʻgʻim ichi, suyakli, chandiqli (fibrozli) A. farq qilinadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil