Ankona – Italiyaning sharqiy qismidagi shahar. Ankona provinsiyasining va Marke viloyatining maʼmu-riy markazi. Aholisi 103,5 ming kishi (1990). Adriatika dengizidagi port va harbiy dengiz bazasi. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari bor. Musiqa asboblari va shisha buyumlar ishlab chiqariladi. 530Farmatsevtika sanoati mavjud. Chetga oltingugurt va asfalt chiqariladi. Baliq ovlanadi. A.da tarixiy yodgorliklar koʻp. Marmardan ishlangan Trayan zafar arki (115 yildan keyin qurilgan), 12-13-asrlarga oid sobor, Milliy muzey, rasmlar galereyasi bor. Balneologik kurort.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil