Ankraofobiya

shamol yoki shabbodadan haddan tashqari qoʻrqish kasalligi

Ankraofobiya, shuningdek, anemofobiya sifatida ham tanilgan, shamol yoki shabbodadan haddan tashqari qoʻrqishdir[1]. Bu kasallik juda kam uchraydi va uni davolash mumkin. U inson miyasiga turli xil taʼsir koʻrsatadi[2]. Qoʻrquvning ushbu turi kasallik bilan ogʻruvchilar uchun vahima hurujlarini keltirib chiqarishi hamda odamlarni koʻchaga chiqish kabi muntazam kundalik mashgʻulotlardan mahrum etilishiga sababchi boʻlishi mumkin.

Kelib chiqishi

tahrir

Har bir inson ushbu kasallik bilan tugʻilishi yoki keyinchalik orttirib olishi mumkin. Fobiya bu turi, odatda, oʻtmishdagi kuchli esgan shamol tufayli qattiq taʼsirlangan odamning salbiy kechinmalaridan kelib chiqqan psixologik travma (jarohat) natijasidir. Bu kabi xotiralar esda qolishi yoki shikastlangan odamning ongsiz ravishda hayol va oʻylariga „muxrlanib“ qolgan boʻlishi mumkin.

Bu kabi fobiyaga ega odamlar ob-havoning oʻzgarishidan, masalan, boʻronlardan qoʻrqishadi. Ular shamolning oʻldirish va yoʻq qilish salohiyatiga ega ekanligiga ishonishadi. Bundan tashqari, ular okean toʻlqinlari kabi shamolni eslatuvchi narsalardan qochishadi. Ankraofobiya, shuningdek, aeroakrofobiya, yaʼni ochiq baland joylardan[3][4] hamda havo aynishi holatlaridan qoʻrqish vaziyatlarini taʼrifi sifatida belgilanuvchi anemofobiya atamalar bilan bogʻliq[5].

 
Meksikaning Monterrey shahridagi turar-joy hududiga shamolli momaqaldiroq

Belgilari

tahrir

Qoʻrquv darajasi va boshqa alomatlar ham odamlar orasida katta farq mavjud. Belgilarning toʻrtta umumiy turi mavjud: psixologik, jismoniy, aqliy va hissiy[6].

Psixologik

tahrir

Psixologik alomatlar shamol taʼsirida haddan tashqari tashvish, shamol odamga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan his-tuygʻularni va shamolga duch kelmaslik uchun oʻzini oʻzi majburlashi kabi holatlarni oʻz ichiga oladi. Shamoldan qoʻrqish ongning shamoldan kelib chiqadigan xavfni haddan tashqari baholab, shamol haqiqiy xavfdir, deb oʻylashidan kelib chiqadi. Biroq asliyatda bunday boʻlmasligi mumkin.

Jismoniy

tahrir

Jismoniy alomatlar orasida ogʻiz qurishi, titroq, koʻkrak qafasidagi siqilish, tez nafas olish, kaftlarning terlashi, koʻngil aynishi, yurak urishining buzilishi va shamol oʻtishiga doimiy ehtiyoj borligi kabi vaziyatlar misol boʻla oladi.

  • Obsesif fikrlar
  • Qoʻrquvdan boshqa narsa haqida oʻylashda qiyinchilik
  • Gʻayrioddiylik yoki oʻzidan ajralganlik hissi
  • Nazoratni yoʻqotishdan qoʻrqish
  • Hushdan ketish qoʻrquvi

Hissiy

tahrir
  • Oldindan tashvishlanish: havo harakati bilan bogʻliq boʻlajak voqealar haqida doimiy tashvish.
  • Terror: doimiy va kuchli qoʻrquv
  • Qochib ketish istagi: vaziyatni tark etishning kuchli ehtiyoji

Sabablar

tahrir

Ankraofobiya tugʻma ravishda hech qachon boʻlmaydi. Shamol qoʻrquvi koʻpincha odamning oʻtmishidagi salbiy xotiralari natijasi orqali paydo boʻladi. Bu tajriba odamning ongida esga olinishi yoki esga olinmasligi mumkin, biroq bu holat uning xotiralariga muhrlangan boʻladi. Koʻpincha ankraofobik odam shamol kuchli esadigan vaziyatni boshdan kechiradi va ular shamol ularni yoʻq qilishi yoki oʻldirishi mumkinligidan qoʻrqishdi. Bu xotiralar shamol bilan bogʻliq boʻlib, „umumiy shartli javob“ deb nomlanadi. Bu fobiya tashqi hodisalar va ichki moyillik kombinatsiyasidan kelib chiqadi. Tashqi hodisalar — bu travmatik hodisalar, ichki moyillik — irsiyat yoki qon chizigʻidan oʻtgan. Fobiya koʻpincha sodir boʻlgan salbiy voqealarga bogʻliq boʻlishi mumkin; eng tez-tez uchraydigan hodisa — bu erta yoshda travmatik tajriba[7].

Davolash

tahrir

Olimlar bemorlarning qoʻrquvini kamaytiradigan dori-darmonlarni ishlab chiqdilar. Ushbu dori tashvishlanishga qarshi dori sifatida tanilgan. Biroq, dori-darmonlar jiddiy boʻlishi mumkin boʻlgan yon taʼsirlariga ega boʻlishi mumkin[8]. Davolashning eng mashhur shakli kognitiv terapiya, psixolog, psixiatr, hipnoterapist yoki gipnozist kabi shifokorlar qabuliga yozilishdir. Shifokorlar tomonidan qoʻllanilajak muolajalar bemorlarga nimadan qoʻrqayotganini unutishga yordam berish uchun foydalaniladi. Baʼzi asosiy terapiya seanslari bemorni fanat oldida turishini yoki bemorni xavfsiz muhitda oʻz qoʻrquviga duchor qilishni oʻz ichiga oladi. Gipnoterapiya yordamida odamning ongsiz ravishda hayollari boshqaruviga erishish mumkin hamda bu holar qoʻrquvni yoʻq qilishga juda katta hissa qoʻshadi[9].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. John G. Robertson. (2003). An Excess of Phobias and Manias. Senior Scribe Publications. (p. 24).
  2. What is Phobia of Wind (Wayback Machine saytida 2014-02-22 sanasida arxivlangan). Living Healthy. Retrieved February 11, 2014.
  3. „Aeroacrophobia - Fear of Open High Places“. 2020-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-aprel.
  4. „Aeroacrophobia Do you have a fear of open high places?“. 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyun.
  5. „Anemophobia“. 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyun.
  6. What is Phobia of Wind (Wayback Machine saytida 2014-02-22 sanasida arxivlangan). Living Healthy. Retrieved February 11, 2014.
  7. „10 traumatic phobias inspired by nature: Ancraophobia | MNN — Mother Nature Network“. www.mnn.com. 2012-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Ancraophobia - Wind fear, wind phobia, fear of wind, phobia of wind, Aerophobia, Anemophobia“. common-phobias.com. 2013-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Anemophobia/Ancraophobia - Fear of Wind/Fear of Drafts/Afraid of the Wind“.