Anna Brodova
Anna Ivanovna Brodova — iqtisodiyotchi olim, davlat va siyosat arbobi.
Biografiyasi
tahrirAnna Ivanovna 1917-yil 29-noyabrda tug‘ilgan. KPSS aʼzosi hisoblangan.
1932-yildan 1986-yillargacha iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda faoliyat olib borgan.
Faoliyati
tahrirAnna Ivanovna dastlab Qo‘qon shahridagi „Yangi-Farg‘ona“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosmaxonasi talabasi bo‘lib, keyinchalik mashinist, Komsomol (Kommunistik yoshlar ittifoqi) bo‘yicha Qo‘qon temir yo‘l bo‘limi siyosiy instruktori, Qo‘qon shahar komsomol qo‘mitasi bo‘lim mudiri va ikkinchi kotib lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, A.Brodova:
- Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Komitetining Toshkent viloyati boʻyicha tashkiliy byurosi aʼzosi;
- Toshkent shahar komsomol qoʻmitasi kotibi;
- „Oʻzbekbrlyashu“ kadrlar boʻlimi mudiri;
- Respublika Pionerlar saroyi direktori;
- O‘zbekiston Komsomoli Markaziy Komitetining ikkinchi kotibi;
- Toshkent viloyat komiteti kotibi;
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar Kuybishyev okrug qoʻmitasining birinchi kotibi;
- Shahar partiya komiteti kotibi;
- Markaziy sotsialistik partiya Sredazbyuro inspektori;
- Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;
- Oʻzbekiston SSR aholiga maishiy xizmat koʻrsatish vaziri lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 4-11-chaqiriqlarida deputat etib saylangan.
Brodova Anna Ivanovna 1993-yil Toshkent shahrida vafot etgan va poytaxtdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.
Havolalar
tahrir- Депутаты Верховного Совета Узбекской ССР: Десятый созыв. (Краткие биографические сведения). — Т.: Узбекистон, 1981. — С. 75.
- Бродова
- ГА РФ Р7523 105 157 Указы и Постановления Президиума Верховного Совета СССР, принятые с 1 по 9 сентября 1971 года, и материалы к ним /к протоколу № 15/ с № 2094-VIII по № 2114-VIII. Том 1