Anna Petrovna Lebedeva (1981-yil 26-dekabrda tugʻilgan, Oqkoʻl shahri) — qozogʻistonlik biatlonchi[1][2].

Anna Lebedeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Tavallud sanasi 1981-yil 26-dekabr
Oqkoʻl shahri
Boʻyi 178 sm
Vazni 70 kg
Turmush oʻrtogʻi Aleksandr Chervyakov
Sport
Qaysi sport biatlon

Faoliyati

tahrir

Anna Lebedeva Oqkoʻl shahrida tugʻilgan). Singlisi Marina bilan birgalikda otasi Pyotr Lebedev murabbiyligida mashgʻulotlarni boshlagan.

Lebedeva 2003-yilda Italiyaning Ridanna shahrida birinchi marta Yevropa kubogida qatnashgan. 2003-yilgi mavsum soʻnggigacha bir nechta musobaqalarda qatnashgan va shundan keyin jahon kubogida debyut amalga oshirgan. Spronterlik musobaqasida 58-oʻrinni egallagan. 2004-yilda Oberhofda oʻtkazilgan biatlon boʻyicha jahon chempionatida oʻsmirligidagi eng yuqori natijani qoʻlga kiritgan. Bu musobaqada Lebedeva yakkalik musobaqasida 64-oʻrinni egallagan. Hochfilzenda oʻtgan navbatdagi Jahon chempionatida Lebedeva yakkalik musobaqasida 39-oʻrinni egallagan. Jahon kubokidagi eng yaxshi natijasi 2005—2006-yilgi mavsumga toʻgʻri kelgan. Faoliyatidagi eng yaxshi natijalaridan biri Osrblie shahrida boʻlib oʻtgan saralash musobaqasiga togʻri kelgan. Lebedeva bu musobaqada 21-oʻrinni egallagan. Mavsum yakunlari boʻyicha umumiy jadvalda 58-oʻrinni egallagan. Turindagi qishki olimpiya oʻyinlari Lebedevaning faoliyatida esda qolarli voqeliklardan biri boʻlgan. Anna uchta musobaqada ishtirok etgan. Yakkalik musobaqasida 49-oʻrinni, sprint va estafeta musobaqalarida 52-oʻrinni egallagan. 2010-yilgi olimpiadada ham ishtirok etgan. Sprintda 52-oʻrinni egallagan. individual poygalarda 44-oʻringacha koʻtarilgan[3] . Qozogʻiston jamoasi tarkibida Yelena Xrustalova, Lyubov Filemonova va singlisi Marina Lebedeva bilan bir jamoada ishtirok etib, 14-oʻrinni egallagan. Anna Lebedeva bir necha marta Qozogʻiston Respublikasi chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan.

2010—2011-yilgi mavsumda faoliyatini yakunlagan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Qozogʻistonlik biatlonchi Aleksandr Chervyakov bilan turmush qurgan. 5 nafar farzandi bor: Andrey (2006-yilda tugʻilgan), Aleksey (2011-yilda tugʻilgan), Stepan (2014-yilda tugʻilgan), Arina (2017-yilda tugʻilgan), Aleksandra (2019-yilda tugʻilgan). Aleksey va Stepan ota-onalari izidan borishgan va changʻi sporti bilan ham shugʻullanishga qaror qilishgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Анна Лебедева“. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
  2. „IBU Profile“. 2012-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Anna Lebedeva“. 2016-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.